TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #24772

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views8,340Post view count
PostedApr 304/03/2026, 06:57 AM
Post content

Post content

📌 📌 📌 📌 📌 📌 SANCHIQULLIK FUQAROLARNING MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI Pastdarg‘om tumanining Sanchiqul mahallasi aholisi tomonidan bildirilgan murojaatlar o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, ularda ko‘tarilgan masalalar ijobiy hal etildi. Xususan, murojaatlarda qayd etilgan “Qayrag‘och” fideriga ulangan 637-transformator punktining 0,4 kV havo elektr uzatish tarmog‘idagi muammolarni bartaraf etish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirildi. Avval qo‘lbola tarzda o‘rnatilgan simyog‘ochlar butunlay olib tashlanib, ularning o‘rniga 9 ta mustahkam temir beton ustunlari o‘rnatildi. Shuningdek, elektr uzatish quvvatini yaxshilash va tarmoqning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida havo tarmoqlari qayta tortildi. Natijada hududda elektr ta’minoti sifat va xavfsizlik jihatidan yaxshilanib, aholining murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar amalda bartaraf etildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz