Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 O‘ZBEKISTON TUMANIDA TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mas’ullari tomonidan O‘zbekiston tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlari hamda elektr qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomaviy xizmatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tadbirkorlarni qiynayotgan dolzarb masalalar tinglanib, ularning bugungi kundagi muammolarini qonuniy asosda hal etish yo‘llari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Bunday uchrashuvlar tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni tezkor va samarali hal etishga xizmat qiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz