Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 “FARG‘ONA HETK” AJ YOSHLARI YANA MARAFON MAYDONIDA Kuni kecha Toshkent shahrida "International Tashkent Marathon – 2026" xalqaro sport musobaqasi yuqori saviyada o‘tkazildi. Mazkur musobaqada "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" aksiyadorlik jamiyati yoshlari ushbu sport bayramida faol ishtirok etib, yugurish bo‘yicha 3 va 5 km masofalarda o‘z kuch va imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ta’kidlash joizki, mazkur xalqaro marafon bugungi kunda mamlakatimizdagi eng yirik ommaviy sport tadbirlaridan biri sifatida shakllandi va unda 50 ga yaqin davlatdan 15 mingdan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Korxona yoshlarining ushbu nufuzli musobaqadagi ishtiroki sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda jamoa birdamligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Aytish о‘rinliki, "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ yoshlari bir necha yillardan beri mana shunday ommaviy musobaqalarda faol ishtirok etibkelishmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz