Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI! Ma’lumki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan aholi bilan samarali muloqot qilish hamda iste’molchilar murojaatlariga tezkor javob qaytarish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur tizim orqali yashash hududingizda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan taqdirda, murojaatingizni bevosita hududiy rahbarlarga yuborishingiz mumkin. Yuborilgan murojaat hudud rahbari tomonidan shaxsan nazoratga olinib, belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda tegishli javob taqdim etiladi. Quyida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizimiga kiruvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining murojaatlarni yuborish uchun aloqa botlari hamda guruh administratorlari manzillari keltirilgan. Shuningdek, elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yoki mazkur sohaga oid taklif va mulohazalaringizni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Telegram messenjeridagi "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot kanali orqali ham yuborishingiz mumkin. Murojaat uchun: @HET_admin 📞 1154 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz