Post content
📌📌📌📌📌📌 ANDIJONDA ELEKTR ENERGIYASI YO‘QOTISHLARINI KAMAYTIRISH BO‘YICHA TIZIMLI ISHLAR OLIB BORILMOQDA Andijon shahrida elektr energiyasidan samarali foydalanish va yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida keng qamrovli profilaktik ishlar olib borilmoqda. Mutasaddi tashkilotlar hamkorligida transformator punktlari va iste’molchilar bosqichma-bosqich tekshirilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Shuningdek, noqonuniy ulanishlarni aniqlash, hisoblagichlarni nazorat qilish, “0” ko‘rsatkichli abonentlarni o‘rganish hamda iste’molchilarni qayta ro‘yxatga olish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu choralar elektr ta’minoti barqarorligini oshirish, yo‘qotishlarni kamaytirish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga xizmat qiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz