Post content
📌📌📌📌📌📌 #24_soatlik_navbatchilik_asosida QANCHALIK MASHAQQATLI BO‘LMASIN HAR QANDAY OB-HAVO SHAROITIDA HAM POYTAXT ENERGETIKLARI XALQ XIZMATIDA Noqulay ob-havo bo‘lishiga qaramay soha xodimlari istemolchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida, tezkor zarur choralar ko‘rilmoqda. Favqulotda tushayotgan murojaatlar o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda. "Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ tasarrufidagi Shayxontohur tuman elektr ta'minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan tuman hududida istiqomat qiluvchi fuqarolardan kelib tushgan murojaatga asosan, hududdagi mavjud elektr tarmoqlari to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilib, Beruniy -4 uzatmasidan ta'minlanuvchi TP-561-sonli transformator punktidan chiquvchi 10 kVli yer osti elektr uzatish kabel tarmog‘ida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Bu bilan hududdagi elektr ta’minotiga oid murojaat ijobiy yechim topib, "Tinchlik" MFY hududidagi iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanishiga erishiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz