Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 2026-YIL YANVAR—MART OYLARIDA “YASHIL” ENERGIYA ISHLAB CHIQARISH 40%GA OSHDI Joriy yilningyanvar—mart oylarida yurtimizdagi yirik quvvatliquyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan jami 2 mlrd 368,2 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 678,1 mln kVt⋅soat yoki 40 foizgako‘p demakdir. Xususan: – Quyosh FES tomonidan — 1 mlrd 159,6 mln kVt⋅soat; – Shamol ES tomonidan — 1 mlrd 208,6 mln kVt⋅soat. Buning natijasida: – 631 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi; – atmosferaga 1,3 mln tonna zararli moddalar chiqishining oldi olindi. 2025-yil yanvar—mart oylarida quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan jami 1 mlrd 690,1 mln kVt⋅soat (quyosh — 971,8 mln, shamol — 718,4 mln kVt⋅soat) elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi. Maʼlumot uchun: mazkur hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 3,9 mln xonadonning 3 oylik yoki 986 ming xonadonning bir yillik meʼyoriy bazasini tashkil qiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz