TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #24871

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views6,880Post view count
PostedApr 1004/10/2026, 06:07 AM
Post content

Post content

📌 📌 📌 📌 📌 📌 TAXIATOSH TUMANIDA TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mas’ullari tomonidan Taxiatosh tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida hududda faoliyat yuritayotgan ishbilarmon doira vakillariga elektr energiyasida loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlari hamda elektr qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomaviy xizmatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tadbirkorlarni qiynayotgan dolzarb masalalar tinglanib, ularning bugungi kundagi muammolarini qonuniy asosda hal etish yo‘llari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Bunday uchrashuvlar tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni tezkor va samarali hal etishga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda mas’ullar tomonidan Qoraqalpog’iston hududiy filialining temir-beton hamda travers ishlab chiqarish sexlarida ish faoliyati o‘rganildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz