TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #24876

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views8,200Post view count
PostedApr 1004/10/2026, 06:39 AM
Post content

Post content

📌 📌 📌 📌 📌 📌 DO‘STLIK FORUMI – HAMKORLIKKA ILK QADAM Kuni kecha Tojikiston Respublikasining Sug‘d viloyati Isfara shahrida tashkil etilgan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iz Respublikalaridan tashrif buyurgan energetika sohasi kasaba uyushmalari vakillari ishtirokida do‘stlik forumi tashkil etildi. Tadbirda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati yoshlari ham munosib ishtirok etdi. Forum doirasida uch davlat vakillari ishtirokida daraxt ekish, sport va bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Sport musobaqalarida “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati yoshlari ham faol ishtirok etib, sport orqali jamoaviylik, hamjihatlik va birdamlik fazilatlarini namoyon etdilar. Bunday tadbirlar qо‘shni davlatlar energetika sohasi yoshlarini yanada yaqinlashtirib, kelgusidagi hamkorlik uchun mustahkam zamin yaratadi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz