Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 TADBIRKORLAR BILAN SAMARALI OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutasaddi xodimlari tomonidan Xorazm viloyati Xonqa tumani elektr ta’minoti binosida tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida elektr ta’minoti sohasiga oid loyihalashtirish jarayonlari, shuningdek, tadbirkorlarni qiynayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va muammolarni bevosita mutaxassislarga yetkazish imkoniga ega bo‘ldilar. Mutasaddilar esa ushbu masalalarni amaldagi qonunchilik asosida hal etish yo‘llarini batafsil tushuntirib berdilar. Shu bilan birga, qurilish-montaj ishlari, elektr qurilmalaridan samarali foydalanish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomaviy xizmatlar yuzasidan ham keng qamrovli ma’lumotlar taqdim etildi. Bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni tezkor va samarali hal etish hamda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz