Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 AHOLI MUROJAATIGA E’TIBOR – AMALIY YECHIMLAR SARI MUHIM QADAM Bugungi kunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan aholi murojaatlariga alohida e’tibor qaratilib, hududlarda elektr ta’minoti sifatini yaxshilash borasida izchil va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Urganch tumani “Shermatlar” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan elektr kuchlanishining me’yor darajasida emasligi yuzasidan murojaat yo‘llangan edi. Mazkur murojaat mas’ullar tomonidan tezkorlik bilan o‘rganilib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Ayni paytda ushbu hududda elektr tarmog‘ini yangilash va mustahkamlash maqsadida keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, 45 dona temir-beton tayanch ustunlarini o‘rnatish ishlari boshlab yuborilgan. Bu esa mavjud tarmoqlarni yangilash va yuklamani to‘g‘ri taqsimlash imkonini beradi. Shuningdek, quvvati 100 kVA bo‘lgan yangi transformator punktini qurish rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur loyiha amalga oshirilgach, hududdagi elektr ta’minoti yanada barqarorlashadi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, amalga oshirilayotgan ushbu ishlar yakuniga yetkazilgach, “Shermatlar” mahallasi aholisining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji sifatli va uzluksiz tarzda ta’minlanadi. Bu esa, o‘z navbatida, fuqarolar turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi. Aholi murojaatlariga tezkor va samarali yondashuv esa tizimdagi ochiqlik va mas’uliyatning yana bir amaliy ifodasi bo‘lib xizmat qilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz