Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 “RAHBAR KUBOGI” MUSOBAQASIDA SHAHAR ENERGETIKLARI GʼOLIBLIKNI QOʼLGA KIRITDI “Hududiy elektr tarmoqlari” АJ Sirdaryo hududiy filiali rahbariyati hamda Kasaba uyushma qoʼmitasi tashabbusi bilan tizim xodimlari oʼrtasida sportning mini-futbol turi boʼyicha anʼanaviy “Rahbar kubogi” musobaqasi oʼtkazildi. Ushbu sport tadbirida viloyatning turli shahar va tumanlaridan jami 18 ta jamoa ishtirok etib, maydonda oʼzaro keskin va qizgʼin bahslar olib bordi. Musobaqa davomida jamoalar nafaqat mahorat, balki birdamlik va jamoaviy harakatni ham namoyish etishdi. Yakuniy natijalarga koʼra, Guliston shahar elektr taʼminoti jamoasi barqaror oʼyin va yuksak tayyorgarlik evaziga birinchi oʼrinni qoʼlga kiritib, musobaqa gʼolibiga aylandi. Ikkinchi oʼrin Boyovut tuman elektr taʼminoti jamoasiga nasib etgan boʼlsa, kuchli uchlikni Аxborot texnologiyalari boʼlimi jamoasi yakunladi. Gʼolib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Ularga esdalik sovgʼalari bilan bir qatorda “Oʼzbekiston boʼylab sayohat” loyihasi doirasida bepul sayohat yoʼllanmalari ham topshirildi. Taʼkidlanishicha, mazkur musobaqa tizim xodimlari oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, jamoaviylikni mustahkamlash, shuningdek, doʼstona va hamjihat muhitni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. “Rahbar kubogi” kabi sport tadbirlari kelgusida ham davom ettirilib, tizimdagi xodimlarning faolligi va jamoaviy ruhini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz