Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 KIBERFIRIBGARLARDAN OGOH BOʼLING! Soʼnggi vaqtlarda Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarining telefon raqamlariga xorijdan shubhali qoʼngʼiroqlar boʼlishi koʼp kuzatilmoqda. Mazkur holatlar yuzasidan mutaxassislar tomonidan oʼtkazilgan tahlillar natijasida quyidagilar aniqlandi. Xususan: - bunday qoʼngʼiroqlar oddiy telefon emas, balki internet va maxsus dasturlar orqali amalga oshiriladi. Firibgarlar ushbu tizimlar yordamida oʼzlarining haqiqiy raqamlarini yashirib, telefon ekranida istalgan davlatning soxta raqamini koʼrsatishlari mumkin; - ular qoʼngʼiroqni internet orqali yuborib, raqamni avvaldan soxtalashtirib qoʼyganliklari bois, mobil kompaniyalar tizimida bu qoʼngʼiroqni kim va qaerdan amalga oshirganligini aniqlash mushkul; - bunday raqamlar xususida maxsus bazalarda hech qanday maʼlumot boʼlmaydi. Bu esa ularning aslida SIM-karta emasligini, balki qoʼngʼiroq paytida soxtalashtirilgan va vaqtinchalik raqamlar ekanligini anglatadi. Taʼkidlash joizki, shubhali qoʼngʼiroqlar abonentlar uchun quyidagi xavflarni yuzaga keltiradi: - bunday xorijiy raqamlarga qoʼngʼiroq qilish telefon balansidagi mablagʼning yechib olinishiga sabab boʼladi; - firibgarlar oʼzlarini turli tashkilot xodimi sifatida tanishtirib, shaxsiy maʼlumotlar va bank kartasi kodlarini bilib olishga urinadi; - goʼshakni koʼtarish raqamingizning “faol” ekanligini bildiradi va natijada sizga boʼladigan firibgarlik hujumlari soni keskin ortadi; - sizning ovozingiz yozib olinib, keyinchalik sunʼiy intellekt yordamida soxtalashtirish orqali yaqinlaringizni aldash uchun ishlatilishi mumkin. Hurmatli fuqarolar, firibgarlar tuzogʼiga tushib qolmaslik uchun notanish va shubhali chet el raqamlaridan boʼlayotgan qoʼngʼiroqlarga javob bermaslik, ularga qayta qoʼngʼiroq qilmaslik, ushbu raqamlarni bloklash hamda shaxsiy maʼlumotlaringizni begonalarga oshkor qilmaslikni tavsiya etamiz. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱het.uz