Fellow programmers.
Happy #hacktoberfest. This event, hosted over here, is about giving back to open source projects. We encourage you all to check it out and make some contributions. We prepared some issues by ourself, they can be found here, but fear not to take on other issues in our repo.
If you have any questions, feel free to ask them away in our chats, we are there to help!
Al-Xorazmiy universiteti - maqsad hamda vazifalar
✨ Universitetning asosiy maqsadi – dunyo miqyosidagi ilmiy-tadqiqotlarga asoslangan, innovatsiya va texnologik taraqqiyot markazi bo‘lgan, mintaqada yetakchi va xalqaro nufuzga ega oliy ta’lim muassasasiga aylanishdir.
✅ Universitet Xorazm viloyatining iqtisodiy, ilmiy va texnologik rivojlanishini jadallashtiruvchi tayanch markazi sifatida xizmat qiladi hamda mintaqaning jahon ta’lim va tadqiqot landshaftida strategik o‘rin egallashini ta’minlaydi.
⚡️ Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari hisoblanadi:
🔹zamonaviy bilim va malakaga ega yangi avlod olimlari, muhandislar, IT-mutaxassislar va tadqiqotchilarni tayyorlash;
🔹maktab ta’limidan tortib, ilm-fanning barcha jabhalarini qamrab oladigan uzluksiz ta’lim klasterini shakllantirish;
🔹talabalarda mustaqil tahlil, ijodiy va innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, amaliy tajribalarni kuchaytirish va mustaqil o‘rganish uchun qulay muhit yaratish;
🔹xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda talabalarni tadqiqot va innovatsiyaga keng jalb qilish orqali universitetni mahalliy va xalqaro nufuzli tadqiqot markaziga aylantirish;
🔹ilmiy-tadqiqotlarni mamlakatning, ayniqsa Xorazm viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy sohalari ehtiyojlaridan kelib chiqib olib borish, ularni amaliyotga joriy etish va texnologik transferni ta’minlash;
🔹talaba-yoshlarda ma’naviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, vatanparvarlik va kasbga sadoqat hissini mustahkamlash, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish.
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#mission#vazifalar
👇 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot