@kunuzai · Post #232 · 03/08/2025, 03:48 AM
🏆 AI texnologiyalarining asoschilari Turing mukofotini qo‘lga kiritdi! AI sohasidagi eng nufuzli mukofot — Turing mukofoti («kompyuter sohasidagi Nobel») bu yil Richard Sutton va Andrew Barto’ga topshirildi. Ularning 80-yillardagi tadqiqotlari bugungi sunʼiy intellektning asosini tashkil qilgan. Aynan ular yaratgan texnologiya (reinforcement learning — mashina o‘z tajribasidan o‘rganishi) AlphaGo va ChatGPT kabi loyihalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. 🔸Mukofot qiymati — 1 million dollar. Kelajak haqida ikki olimning fikrlari farqli: biri sunʼiy intellekt insoniyatga katta foyda olib kelishiga ishonadi, ikkinchisi esa ehtiyotkor bo‘lish kerakligini aytmoqda. #Turing#Mukofot#AlphaGo#ChatGPT#SuniyIntellekt 📡@kunuzai