TGINSIGHT CHAT
Rustam Nishonov Topex
@rustamnishonov
Medicine"Topex school", "Topex texnikum", Toshkent tibbiyot texnikumi asoschisi Rustam Nishonovning rasmiy kanali!!! Facebook: https://rb.gy/1bgvah Instagram: https://rb.gy/pefttz Telegram: t.me/rustamnishonov
Recent posts
Page 36 of 43 · 512 posts
Posted Sep 13
«Ўзбек халқи ортиқ болажон халқ эмас» — профессор Kun.uz билан жонли эфирда суҳбатлашган экспертларга кўра, жамиятда борган сари агрессия ва психопатизация кучайиб бормоқда. Айниқса, ота-оналарнинг ўз фарзандига ваҳшиёна муносабатига тез-тез гувоҳ бўляпмиз. «Ўзбекистонда йилига 700 минг бола туғилса, шундан камида 50 минг нафари зўравонлик ва психологик тазйиқни бошдан кечиради. Ўзбек халқи болажон халқ эмас, бола туғадиган халқ», — дейди профессор Ибодуллаев. Жамиятшуноснинг фикрича эса ўзбек халқи болани дунёга келтиришни яхши кўради, аммо унинг тарбияси, руҳияти, таълими, келажаги масалаларида бефарқ. 📹СУҲБАТНИ ТЎЛИҚ ТОМОША ҚИЛИНГ
Posted Sep 12
Boshlab olishingiz uchun siz eng zo‘ri bo‘lishingiz shart emas, biroq eng zo‘ri bo‘lish uchun boshlab olishingiz shart. Zig Ziglar. 👉@iqtisodiylabirint 👈
Posted Sep 12
Ateistlarning tentakligi shundaki, Xudo yo‘q deb turib bir umr Xudoga qarshi kurashadilar. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh. 👉@iqtisodiylabirint 👈
Posted Sep 9
Ўзбекистонда 12 йиллик умумий таълим тизимига ўтилади Ўзбекистонда 12 йиллик умумий таълим жорий этилади. Бу ҳақда мактабгача ва мактаб таълими вазири ўринбосари Сардор Ражабов маълум қилди. 12 йиллик таълим 3 босқичдан иборат бўлади: ➖ 1 йил тайёрлов, 4 йил бошланғич таълим; ➖ 5 йил базавий умумий ўрта таълим (5-9 синфлар) ➖ 2 йил умумий ўрта таълим (мактаблар, академик лицейлар, ҳарбий мактаблар ёки техникумларда) 👉https://kun.uz/kr/62103778 Kun.uz расмий канали
Posted Sep 9
Нодавлат таълим муассасаларига қандай имтиёзлар белгиланмоқда? Ўзбекистон Республикаси нодавлат таълим муассасалари ассоциацияси раиси ўринбосари Рустам Нишонов билан суҳбатлашилди.
Posted Sep 8
Posted Sep 7
TOPEX TEXNIKUM talabasining onasidan samimiy so‘zlar 🥰 Bugun farzandining ta’limini texnikumimizga ishonib topshirgan onaning chin yurakdan aytgan fikrlarini tingladik. Ular o‘qituvchilarning e’tiborli munosabati va ta’limga zamonaviy yondashuvini alohida ta’kidlab o‘tdilar 🌟 💙 Ona uchun eng muhimi — farzandining mashg‘ulotlarga qiziqish va xursandchilik bilan qatnashayotganini ko‘rish. TOPEX TEXNIKUM'da har bir oilaning ishonchini oqlash biz uchun katta iftixor. @topextexnikum ––––––––––––––––– Тёплые слова от мамы студента TOPEX TEXNIKUM 🥰 Сегодня мы услышали искренний отзыв от мамы, которая доверила образование своего ребёнка нашему техникуму. Она отметила внимательное отношение преподавателей и современный подход к обучению🌟 💙 Для неё главное — видеть, что ребёнок ходит на занятия с интересом и радостью. А для нас большая гордость — оправдывать доверие каждой семьи в TOPEX TEXNIKUM. @topextexnikum
Posted Sep 7
Biz tirikmizmi? 🥲 "EZGULIK" inson huquqlari jamiyati raisi Abdurakhmon Tashanov oʻzining Facebookdagi sahifasida shunday yozadi: Bugun Toshkentning Seul Moon dahasida kitob do‘koni ochilishiga bordik. Tashkilotchilarga tasanno, do‘kondagi kitoblarning mundarijasi ham boy, marosim ham yaxshi tashkil qilingan. Ijtimoiy tarmoqlarda do‘kon ochilishi targ‘ib qilinganiga qaramay anjumanda mamlakat siyosiy elitasidan kimnidir uchratmaysiz, jamoatchilik faollari, ayrim tanish qiyofalar va sanoqli kitobxonlar. Holbuki, 2020 yilda kitobxonlikni rivojlantirish borasida so‘nggi 5 yillikdagi olamshumul rejalar haqida Hukumat qarori chiqqan. Rasmiy saytlarni ko‘rsangiz, qilingan ishlar hisobotidan boshingiz aylanadi, ammo kitobxonlik reytingi bor-yo‘g‘imizni oshkor qiladi. Lekin do‘kondor yigitga tashakkur aytaman, lavashxona ochganida boyib ketishi aniq edi, 5 tonnalik qozonga osh solganida Toshkentning yarmi kelardi, u bu yo‘lni tanlamadi, balki shuning uchun ham millat haligacha jon saqlayotgandir. Kitobxonlik reytingini ko‘ring, mulohaza qiling, biz tirikmizmi?.. 👉@rustamnishonov👈
Posted Sep 5
Posted Sep 4
Франциянинг Ўзбекистондаги янги элчиси, жаноб Уалид Фук — имконияти чекланган инсон. Бизда эса, имконияти чекланганлар учун деярли ҳеч қандай шарт-шароит йўқ мамлакатда, унга осон бўлмайди. Элчининг меҳнатсеварлиги, ўз кучига бўлган ишончи ва орзулари сари қатъий интилиши уни шундай юксак мақомга олиб чиқди. У — биздаги, ҳар томонлама қулай ҳаёт ва шарт-шароитлардан баҳраманд бўлаётган, аммо барибир суст ва умидсиз бўлиб қолаётган ёшларимиз учун яхши ўрнакдир.
Posted Sep 3
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida 2025-2026 o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklari uchun hujjatlar qabuli boshlandi ✅Arizalar joriy yilning 3-sentabrdan 2-oktyabr (shu kuni ham) sanasiga qadar qabul.dsba.uz onlayn platformasi orqali qabul qilinadi. 🗒2025-2026 o‘quv yilida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tasdiqlangan qabul kvotalari quyidagicha: ➖Davlat boshqaruvi – jami 55 (30 davlat granti, 10 to‘lov-kontrakt, 15 ochiq tanlov to'lov-kontrakt) ➖Hududlarni kompleks rivojlantirish – jami 55 (30 davlat granti, 10 to‘lov-kontrakt, 15 ochiq tanlov to'lov-kontrakt) ➖Inson resurslarini rivojlantirish – jami 55 (30 davlat granti, 10 to‘lov-kontrakt, 15 ochiq tanlov to'lov-kontrakt) 📋 Hujjatlar quyidagi tartibda qabul qilinadi: Davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishni istagan davlat xizmatchilari Boshqaruv samaradorligi agentligi orqali; Ochiq tanlov (to‘lov-kontrakt) asosida o‘qishni istaganlar esa bevosita Akademiyaning rasmiy veb-sayti orqali. 📌Test sinovlari 2025-yil 10-11-oktabr kunlari 2 smenada bo'lib o'tadi. Ruxsatnomalar onlayn tarzda taqdim etiladi. CEFR B2 (muqobil sertifikatlar ham) va undan yuqori darajadagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlar xorijiy til testidan ozod qilinadi hamda maksimal ball bilan baholanadi. 🎓 Testdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ikkinchi bosqich — suhbatga taklif etiladi. 🇺🇿@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Posted Sep 2
Yana bir qadam! 💫 Bugun TOPEXSCHOOL o'quvchilari o'zlari tanlagan to'g'ri yo'l bo'ylab yana odimlamoqdalar! ❤️ Barcha o'quvchilarga ushbu yo'lda omad va zafarlar tilab qolamiz! @topexschool