TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Abdusattor
Abdusattor avatar

TGINSIGHT POST

Post #198

@abdusattor

Abdusattor

Vidoj58,000Nombro da vidoj
Publikigita4 Mar2026-03-04 16:16
Enhavo

Afiŝa enhavo

Nega bu haqida gapiryapman? Imanumga har kuni 50 ming so’mdan investitsiya qilishni e’lon qilsam, ba’zilar kripto bundan ko’proq foyda olib keladi deb yozibdi. Bir narsasni tushuninglar, kripto sizlar internetda ko’radigan videolar kabi hamma boy bo’ladigan bozor emas. U juda ham riski yuqori bo’lgan bozor. Tepadagi postda ko’rib turganingizdek eng xavfsiz usulda ham investitsiya qilsangiz ham, zararda o’tirishingiz mumkin. Biror-bir aniq ko’zlangan maqsad uchun pul jamg’armoqchi bo’lsangiz, kripto investitsiyasi eng notog’ri tanlov. Odatiy investitsiya usullarida asosiy narsa siz investitsiya qilgan mablag’ingizni yo’qotmaysiz. Bir, ikki yoki 5 yillik rejalashtirilgan maqsadlar uchun mablag’ jamg’armoqchi bo’lsangiz, odatiy xavfsiz investitsiya usullaridan foydalanishingiz eng to’g’ri yechim bo’ladi. Ramazon chellenjimizning hozirgi holati bo’yicha Imanumga kiritgan investitsiya mablag’imiz 600 ming so’m.