TGINSIGHT CHAT
Abdusattor
@abdusattor
PsychologyShaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal ✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot Maqsad Club: @maqsadobuna
Lastaj afiŝoj
Paĝo 1 el 15 · 180 afiŝoj
Publikigita 13 Apr
Nima uchun biz pulni oson ishlatamiz? Chunki miyamiz "hozirgi men" va "30 yildan keyingi men"ni ikki xil odam deb qabul qiladi. Biz kelajakdagi o‘zimizni mutlaqo begona odam sifatida ko‘ramiz. Begona odamga esa pul bergimiz kelmaydi. Ya’ni siz bugun $100 dollar sarflayotganingizda, o‘zingizni xursand qilyapsiz. Lekin o‘sha $100 dollarni jamg‘arayotganingizda, uni "30 yildan keyingi o‘sha notanish qariyaga” sovg‘a qilayotgandek his qilasiz. Kim ham notanish odam uchun bugungi rohatidan voz kechgisi keladi? Miya kelajakdagi foydani vaqt uzoqlashgani sayin "qadrsizlantirib" boradi. Masofa qanchalik uzoq bo'lsa, o'sha "notanish odam"ning ehtiyojlari shunchalik ahamiyatsiz ko'rinadi. Natijada, kelajakdagi farovonlik bugungi kofe yoki yangi gadjet oldida mag'lub bo'ladi. Yana bir yo’l qo’yiladigan xato narxlarni hayotimiz bilan emas pul bilan hisoblashda bo’ladi. Agar siz soatiga 50 000 so‘m topsangiz va 1 000 000 so‘mlik narsa olmoqchi bo‘lsangiz, o‘zingizga “Bu narsa mening hayotimning 20 soatiga arziydimi?”, deb savol bering. Pul qayta tiklanadigan resurs, lekin vaqt unday emas. Buyumga sarflangan vaqtingizni hisoblasangiz, miya instinktiv ravishda himoya rejimiga o‘tadi. Umuman olganda pul sarflash dofamin manbai hisoblanadi. Biz sotib olgan narsamizdan emas, o‘sha sotib olish jarayonidan zavqlanamiz. Ya’ni pul sarflash hissiy ochlikni qondirishga urinish. Biz kiyim, gadjet yoki kofe emas, balki o‘zimizga yetishmayotgan o‘sha qisqa muddatli "baxt gormoni"ni sotib olamiz. Har qanday yangi narsa tezda odatiy holga aylanadi. Kechagi "orzudagi iPhone” bugun oddiy telefon. Dofaminning yangi dozasini olish uchun sizga yana yangi narsa kerak bo'ladi. Bu esa cheksiz va natijasiz iste’mol tuzog’ini hosil qiladi.
Publikigita 6 Apr
Hozir hamma joyda AI tomonidan yaratilayotgan kontentlarga ko’zingiz tushayotgan bo’lsa kerka. AI rivojlanib ketdi, hamma undan foydalanyapti deb o'ylasangiz, adashasiz. Aslida dunyoning 80%’dan ortig'i hali uni ishlatib ham ko’rmagan. Bu degani siz hali kechikmagansiz. Bu xuddi 1900-yillardagi elektr ixtirosiga o’xshaydi. Dunyoda elektr energiyasi kashf etilgan, gazetalar u haqida tinmay yozgan. Lekin 80% zavodlar hali ham bug‘ dvigatelida ishlar edi, odamlar esa uylarida kerosin chiroq yoqardi. Ammo vaqt o’tgan sari hamma narsa o’zgardi. Hozirgi AI holati aynan shunday. Texnologiya bor, lekin undan ommaviy foydalanish hali boshlanmadi. Kelajakda AI hammani ishsiz qoldiradi deb kayfiyatingizni tushirmoqchi emasman. Ammo kelajakda odamlar ikkiga bo’linadi AI bilan ishlay oladiganlar va ishlay olmaydiganlar. Katta korporatsiyalar AI’dan foydalanishni boshladi, lekin kichik va o‘rta bizneslar (tish shifokorlari, advokatlar, logistika kompaniyalari) hali ham “eski davrda”. Ularga AI deb yozilgan mo‘jizaviy tayoqchani berish emas, balki o‘sha tayoqcha ularning og‘irini qanday yengil qilishini ko‘rsatib berish kerak. Hozir dunyoga zo‘r dasturchi emas, balki "tarjimon" kerak. Ya’ni, murakkab AI tilini biznes tiliga o'girib beradigan odam. Hozirgi davr "Aqlli ko'priklar" qurish davri. Texnologiya bir qirg‘oqda, tayyor mijozlar ikkinchi qirg‘oqda turibdi. Ularni birlashtirgan odam kelajakning "yangi millioneriga" aylanadi.
Publikigita 2 Apr
Siz dangasa emassiz. Siz sinmagansiz. Miyangizning mukofot tizimi o'g'irlangan va siz buni hatto bilmaysiz ham. O‘zingizni irodasiz yoki maqsadsiz deb o‘ylashingiz mumkin, lekin aslida miyangizdagi "mukofot tizimi" ishdan chiqqan. Zamonaviy dunyodagi cheksiz kontent, tayyor ovqatlar va oson o'yin-kulgilar miyani dofamin bilan haddan tashqari to‘yintirib yubordi. Natijada, miya bu bosimga chiday olmay, zavq olish darajasini pasaytirib qo'yadi. Endi sizga oddiy quvonchlar yetarli bo’lmaydi. Bu haqida avval ham ko’p aytganman. Dofamin bizni harakatga keltiruvchi "yonilg'i". U bizni harakatlanishga majbur qiladi. Miya dofaminni oson olishga o’rgansa, dofamin uchun mashaqqat qilishni xohlamay qo’yadi. Dofamin tuzog’idan chiqish uchun "Dofamin parhezi" kerak. Bu uchun esa reels ko'rishni to’xtatib zerikishingiz kerak. Zerikish boshida qiyin va og’riqli bo’ladi, lekin aynan shu "zerikish" jarayonida miya o'zining tabiiy sezgirligini qaytadan tiklay boshlaydi. Oldin odamlar zerikishni yomon narsa deb o‘ylamagan. Chunki zerikishdan keyin harakat boshlanardi. Inson nimadir qilishga majbur bo‘lardi: yurardi, o‘ylardi, yaratardi. Zerikish miyani yangi stimullar qidirishga majbur qilardi. Bugun esa biz zerikishga umuman imkon bermayapmiz. Natijada miya shunday signal oladi: harakat qilishning hojati yo‘q. Mukofot shundoq ham keladi. Biz bu haqida "Raqamli qullar" videomizda batafsil to'xtalganmiz. Agar videoni ko'rmagan bo'lsangiz, hoziroq YouTube kanalimizda tomosha qiling: ▶️: https://youtu.be/D9t2Zj1zYzc?si=pDlLVrTGGLI4Hv1z
Publikigita 23 Mar
Inson miyasi koinotdagi eng zo'r "kompyuter” Dunyodagi eng qimmat serverlar va AI tizimlari qila olmaydigan ishlarni (ijod, his-tuyg‘u, nostandart qarorlar, strategik fikrlash) sizning miyangiz bir kosa ovqat va bir necha litr suv evaziga bajarishi mumkin.…
Publikigita 23 Mar
Inson miyasi koinotdagi eng zo'r "kompyuter” Dunyodagi eng qimmat serverlar va AI tizimlari qila olmaydigan ishlarni (ijod, his-tuyg‘u, nostandart qarorlar, strategik fikrlash) sizning miyangiz bir kosa ovqat va bir necha litr suv evaziga bajarishi mumkin. Nega bunday deyapman? Chunki inson miyasi 12 vatt bilan bajaradigan ish uchun AI 2.7 milliard vatt energiya sarflaydi. Bu albatta nisbiy nazariy solishtirish. Aytaylik, ko‘chada ketayotganingizda tanishingizni ko‘rib qoldingiz. Miyangiz bu jarayonni (tasvirni ko‘rish, yuzni skanerlash, xotira bilan solishtirish, hissiyotni uyg‘otish va qaror qabul qilish) bor-yo‘g‘i 12–20 vatt quvvat bilan bajaradi. Tushunishingiz uchun bu 1 dona lampochkani yoqishga yetadigan energiya xolos. Xuddi shu ish uchun AI’ga 2.7 milliard vatt kerak bo’ladi. Bu taxminan 2-3 ta yirik atom elektr stansiyasining jami ishlab chiqarish quvvatiga teng. AI har safar biror amalni bajarishi uchun ma’lumotni xotiradan protsessorga "tashishi” kerak. Bu doimiy "qatnov" umumiy energiya sarfining 80%’dan ortig‘ini tashkil qiladi. Inson miyasida esa neyron ham hisoblaydi, ham ma’lumotni saqlaydi. Ma’lumot hech qayerga ko‘chmaydi. Bu "In-memory computing" deb ataladi va energiya sarfini deyarli nolga tushiradi. Dunyoda hech qaysi biznesda bunaqa katta foyda (ROI) yo'q. $1’dan kamroq xarajat evaziga miya cheksiz qiymat yaratishi mumkin. Siz Claude yoki ChatGPT bilan suhbatlashayotganingizda, ekraningiz ortida deyarli yarim million odamning miyasiga yetadigan elektr energiyasi yonib ketadi. Siz esa buni atigi 12 vatt (bir dona kichik lampochka) quvvatida tahlil qilyapsiz.
Publikigita 20 Mar
Publikigita 19 Mar
Dunyoda ikki toifa odam bor biri iste’molchilar va ikkinchisi o‘sha narsalarga egalik qiladiganlar. Kambag‘al mentaliteti "hozir va shu yerda" lazzatlanishni istaydi. Bu miyadagi dofamin tizimining quliga aylanish degani. Boy mentaliteti esa o'sha lazzatni…
Publikigita 19 Mar
Dunyoda ikki toifa odam bor biri iste’molchilar va ikkinchisi o‘sha narsalarga egalik qiladiganlar. Kambag‘al mentaliteti "hozir va shu yerda" lazzatlanishni istaydi. Bu miyadagi dofamin tizimining quliga aylanish degani. Boy mentaliteti esa o'sha lazzatni kelajakka kechiktira oladi. Xabaringiz bor, Ramazon oyining boshida har kuni 50 mingdan Imanum’ga investitsiya qilish chellenjini boshlagandim. O’zi bundan maqsad nima edi? Birinchi navbatda moliyaviy intizomni shakllantirish va investitsiya odatiga o’rganish. Chunki miyani iste’molchi holatidan egalik qilish holatiga o‘tkazishimiz kerak. Har kuni 50 ming so‘mni investitsiya qilish kichik ko’rinadi lekin aslida bu nafsimizga berilgan eng qattiq zarba. Biz bugungi kichik lazzatdan (masalan, fastfud yoki kofe) voz kechib, ertangi moliyaviy erkinlikni tanladik. Biz 30 kun davomida 1,5 mln so‘m yig‘ib, investitsiya qilganimizda, aslida kichik bir "vaqt bo‘lagi"ni sotib olgan bo’lamiz. Kelajakda bu pulning foydasi bir kunlik, bir soatlik yoki bir oylik xarajatlaringizni qoplaganda, siz shu erkinlikni ancha oldin sotib olgan bo’lasiz. Ya’ni egalik qilish, boy bo’lish aslida erkinlik sotib olish degani.
Publikigita 18 Mar
Sizda ham hech shunday bo‘ladimi? Soatlab monitorga termulasiz, lekin bitta ham tuzukroq g‘oya kelmaydi? Yangi g'oya uchun yangi kitoblar o‘qiysiz, kurslar sotib olasiz, lekin natija kutilganidek bo'lmaydi. Aslida muammo miyangizda emas, atrofingizda bo‘lishi mumkin. Har bir buyum (stol ustidagi eski qog'ozlar, ishlamaydigan naushniklar, shkafdagi keraksiz suvenirlar) miya uchun shovqindan boshqa narsa emas. - Siz ularga qaramasangiz ham, miyangiz ularni kategoriyalashtirish va tartibga solish uchun ozgina bo‘lsa-da energiya sarflaydi. - Keraksiz narsalar ko‘payib ketganda omborda ijodiy fikrlar, yangi va yorqin g‘oyalar uchun joy qolmaydi. Biror ishni qanday qilsam ekan deb o‘ylashingiz kerak bo‘lgan vaqtda, miyangiz ostida "Shu stolni qachon yig‘ishtiraman?", "Bu kabel qaysi qurilmaniki edi?", "Soatim tirnalibdimi?" degan mayda signallar aylanib yuradi. Kecha Maqsad klubimizga shu mavzuda post joylagan edik. Shu sababli sizlarga ham bu haqida qisqacha ma'lumot berib o'tdik.
Publikigita 17 Mar
Ko‘pchilik Senior dasturchini "kodlarni yoddan biladigan daho" deb tasavvur qiladi. Ammo haqiqat ancha sodda va qiziqroq. Junior va Senior o‘rtasidagi asosiy farq Seniorning xotirasi kuchliligida emas, balki uning savol berish mahoratida. Bugungi kunda Google, Stack Overflow va ayniqsa Claude/ChatGPT kabi sun’iy intellektlar barcha javoblarni biladi. Endi muammo javob topishda emas, muammoni qanday savol berib hal etishda. Hamma ishni AI qilsa nega ularga katta maosh to‘lanadi? Kompaniyalar faqat ular kod yozgani uchun pul to'lamaydi. Ular: - Muammoning tub ildizini ko‘ra oladi; - Uni mayda qismlarga bo‘lib tahlil qiladi; - Va o‘sha AI yoki qidiruv tizimiga shunday "prompt" yozishi kerakki, natija muammoga yechib berishi kerak. Junior dasturchi "nega kodim ishlamayapti?" deb so‘rasa, Senior dasturchi xatolikning asab tizimini tahlil qilib, tizimning qaysi nuqtasida mantiqiy chalkashlik borligini aniq ko'rsatib savol beradi. “Software engineer" yoki "Muhandis" umuman farqi yo'q. Amalda ular savol berish san’ati ustalari. AI qanchalik aqlli bo‘lmasin, unga to'g'ri buyruq berish uchun baribir insoniy mantiq kerak. Chunki noto‘g‘ri qo‘yilgan savolga to‘g‘ri javob olib bo‘lmaydi. To‘g‘ri savol bera olish uchun ham kuchliy mantiqiy fikrlash kerak.
Publikigita 13 Mar
E'tibor bergan bo'lsangiz, shu oy moliya haqida ko'p post qo'yildi. Buning sababi manashu Ramazon oyida Imanum orqali har kuni 50 ming so'mdan investitsiya qilyapman. Oxirgi postdan keyin bir kishi, uyda pul tursa ishlatilib ketadi. Undan ko'ra investitsiya qilish kerak, debdi. To'g'ri. Bu haqida o'zim ham oldin gapirganman. Naqd yoki kartadagi pulni ishlatib yuborish oson. Shu sababli pulni samarali yig'ish maqsadiga Imanum juda to'g'ri keladi. Uning ustiga loyiha egalari va loyihaning qadriyatlari bizning qadriyatlarimizga juda yaqin. Hozirgi vaqtda kiritgan investitsiyam 1 mln. 50 ming so'mni tashkil qilyapti. Ilovada avtoto'lovni yoqib qo'yganim uchun kartamdan har kuni 50 ming avtomatik tarzda yechib olinyapti.
Publikigita 13 Mar
Kutilmagan xarajatlar tasodif emas, bu aniq bo’lishi kerak bo’lgan hodisa. Mashina buzilishi, kutilmagan shifoxona xarajatlari yoki uydagi muammolar qachondir albatta sodir bo‘ladi. Agar sizda "Xavfsizlik yostig‘i" bo‘lmasa, har qanday kutilmagan xarajat sizni qarz olishga majbur qiladi va siz yashash uchun qarz olishga majbur bo‘lasiz. Zaxirasi bor odam kutilmagan vaziyatlarda o‘z pulini ishlatadi va hayotini davom ettiradi. Zaxirasi yo‘q odam esa foizli yoki foizsiz qarz oladi. Qarz esa keyingi oyning daromadini yeyish degani. Tadqiqotlarda isbotlanishicha, moliyaviy zaxirasi yo‘q insonning miyasi doim "omon qolish" rejimida ishlaydi. Bu holatda inson uzoqni ko‘ra olmaydi va qisqa muddatli, zararli moliyaviy qarorlar qabul qiladi. Agar shu vaqtgacha umuman moliyaviy zaxira haqida o’ylamagan bo’lsangiz, birinchi navbatda eng kamida $1000 pulni favqulotda holatlar uchun yig’ishingiz kerak. Bu mablag’ yangi gadjet olish yoki sayohat uchun emas aynan sizning shaxsiy hayotingizda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan kutilmagan vaziyatlar uchun kerak bo’ladi.