TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Abdusattor
Abdusattor avatar

TGINSIGHT POST

Post #215

@abdusattor

Abdusattor

Vidoj24,100Nombro da vidoj
Publikigita13 Apr2026-04-13 08:02
Enhavo

Afiŝa enhavo

Nima uchun biz pulni oson ishlatamiz? Chunki miyamiz "hozirgi men" va "30 yildan keyingi men"ni ikki xil odam deb qabul qiladi. Biz kelajakdagi o‘zimizni mutlaqo begona odam sifatida ko‘ramiz. Begona odamga esa pul bergimiz kelmaydi. Ya’ni siz bugun $100 dollar sarflayotganingizda, o‘zingizni xursand qilyapsiz. Lekin o‘sha $100 dollarni jamg‘arayotganingizda, uni "30 yildan keyingi o‘sha notanish qariyaga” sovg‘a qilayotgandek his qilasiz. Kim ham notanish odam uchun bugungi rohatidan voz kechgisi keladi? Miya kelajakdagi foydani vaqt uzoqlashgani sayin "qadrsizlantirib" boradi. Masofa qanchalik uzoq bo'lsa, o'sha "notanish odam"ning ehtiyojlari shunchalik ahamiyatsiz ko'rinadi. Natijada, kelajakdagi farovonlik bugungi kofe yoki yangi gadjet oldida mag'lub bo'ladi. Yana bir yo’l qo’yiladigan xato narxlarni hayotimiz bilan emas pul bilan hisoblashda bo’ladi. Agar siz soatiga 50 000 so‘m topsangiz va 1 000 000 so‘mlik narsa olmoqchi bo‘lsangiz, o‘zingizga “Bu narsa mening hayotimning 20 soatiga arziydimi?”, deb savol bering. Pul qayta tiklanadigan resurs, lekin vaqt unday emas. Buyumga sarflangan vaqtingizni hisoblasangiz, miya instinktiv ravishda himoya rejimiga o‘tadi. Umuman olganda pul sarflash dofamin manbai hisoblanadi. Biz sotib olgan narsamizdan emas, o‘sha sotib olish jarayonidan zavqlanamiz. Ya’ni pul sarflash hissiy ochlikni qondirishga urinish. Biz kiyim, gadjet yoki kofe emas, balki o‘zimizga yetishmayotgan o‘sha qisqa muddatli "baxt gormoni"ni sotib olamiz. Har qanday yangi narsa tezda odatiy holga aylanadi. Kechagi "orzudagi iPhone” bugun oddiy telefon. Dofaminning yangi dozasini olish uchun sizga yana yangi narsa kerak bo'ladi. Bu esa cheksiz va natijasiz iste’mol tuzog’ini hosil qiladi.