TGINSIGHT CHAT
Co-Learning Academy
@colearningacademy
EducaciónCo-Learning Academy - bo'lajak dasturchilarga mo'ljallangan o'quv platformasi. YouTube: u.nu/clahub Mover: u.nu/clahubuzmover
Posts recientes
Pág. 1 de 8 · 92 posts
Publicado 3 ene
🐍Pythonda dekoratorlar bilan ishlash 📌Dekorator — bu python dasturlash tiliga xos boʻlgan funksiya boʻlib, u mavjud funksiyaga qoʻshimcha xususiyat qoʻshib bezatilgan funksiya qaytaradi. Bu qanday ishlashini tushunish uchun quyidagi video-darsni taqdim etmoqdamiz. 👉 YouTube'da ko'ring - https://bit.ly/3eKZyT3 @colearningacademy
👨🏻💻Dasturlash, umuman iT sohasiga kirib kelish uchun: 1. Avvaliga qaysi yo'nalishni, nima sababdan tanlayotganingiz, kelajagingizni IT'da ko'ryapsizmi? Aniqlashtirib oling. 2. Dasturchi bo'lmoqchimisiz? - frontend, backend, mobil dasturlash...tanlab oling. 3. Qaysi tildan boshlash kerak? - Ingliz tili 🙂#musthave Til odatda maqsadga ko'ra tanlanadi — server tillari sifatida PHP, Java, Ruby mashhur. Mijozlar bilan ishlashda Java Script qulay. Murakkab, ko'p kuch talab qilinadigan loyiha va o'yinlarda C++ ishlatiladi. Java, Objective-C, Swift'dan mobil ilovalar yaratishda foydalaniladi. Frontend dasturchi — saytning tashqi qismini ishlab chiqadi. HTML, CSS, JavaScript'ni bilishi zarur. Backend dasturchi — saytning yadrosi, ichki instrumentlarini yaratadi. PHP, SQL va h.k. 4. Matematika va logika yaxshi rivojlangan bo'lishi kerak. ☝️ Eng asosiysi, sabr va qilayotgan ishingizga mehr bering. TG | Youtube | Mover.uz | Instagram | Facebook
Hashtags
Publicado 8 jul
📌SMM va kopirayting. Muhim formulalar - 4U ✅ 4U - inglizcha usefulness, uniqueness, ultra-specificity, urgency so'zlarining umumiy jamlanmasi bo'lib, sotiladigan matnlar yozishda ishlatiladi. Kopiraytning muvaffaqiyatli ekanligi uning maqsadli yo'naltirilganligi, qisqa, aniq va ravonligiga bog'liq. 👉YouTubeʼda koʻring TG | Youtube | Mover.uz | Instagram | Facebook
Publicado 1 jul
Video darslar tayyor! ✅ Co-Learning Center'da bo'lib o'tgan 3 kunlik intensiv kursning video darsari Co-Learning Academy YouTube sahifasiga joylandi! Shaxzod Kudratov tomonidan o'tilgan darsda aktual telegram botlarini yaratish bo'yicha bilimlar berilgan edi. Ko'p sonli obunachilarimiz oflayn darslarga qatnasha olmaganidan darslarni video ko'rinishida ham so'rashgandi. Marhamat: 👉 Pleylist — youtube.com/playlist?list=PLRcwU7Ce2ikRSCFvgFmVsDEIUiSfFupqd @colearninguz
Publicado 25 jun
📌 Sotiladigan matnlarda muhim atamalar Tone of voice — brendning mijoz va hamkorlari bilan muloqot ohangi, uslubi. U brendingizning o'ziga xosligini aks ettiradi, auditoriyangiz bilan muloqot qilishingizga yordam beradi va sizni boshqalardan ajratib turadi. ✅ To'liq darsni YouTube kanalimizda tomosha qiling. Izohlaringiz va fikrlaringizni qoldirishni unutmang. 👉YouTubeʼda koʻring TG | Youtube | Mover.uz | Instagram | Facebook
Publicado 1 jun
📌 Sotiladigan matnlarda muhim formulalar AIDA - inglizcha Attention, Interest, Desire va Action so'zlarining jamlanmasi bo'lib, sotiladigan reklama matnlarida eng ko'p qo'llaniladigan formula hisoblanadi. ✅ AIDA'ni amalda qo'llash va uning ahamiyati haqida mazkur va shundan keyingi darslarimizda o'rgatishda davom etamiz. 👉YouTubeʼda koʻring TG | Youtube | Mover.uz | Instagram | Facebook
Publicado 23 feb
Sotiladigan matnlar tuzilishi va maqsadiga koʻra odatiy matnlardan farq qiladi. Sifatli kopirayt yozish uchun esa, kitob va masterklaslar yetarlicha ilhom bermasligi mumkin. Istalgan turdagi kopirayt, reklama matnlari yoki firma shiorlarini yozish uchun sizga self-study zarur. Bunda oson mashq va fishkalar yordamida bilimlaringizni mustahkamlang. Sotiladigan kopirayt yozish. 1-qism. 👉YouTubeʼda koʻring TG | Youtube | Mover.uz | Instagram | Facebook
Publicado 9 feb
Project Managers kompaniyasi Frontend Bootcamp kurslarihaqida 🧑💻 Frontend dasturlash kursi 6 oy, kuniga 6 soatdan boʻlib oʻtadi. Kursda hozirgi kundagi eng ommalashgan texnologiyalar: HTML, CSS, JavaScript, VueJs, NuxtJs, Figma, Photoshop oʻrgatiladi. ⚙️ API qabul qilish, veb dizayner bilan ishlash, GIT va Agile metodologiyasini oʻrgatiladi. Murakkab loyihalarda muammolarni yechish va ularni jamoaviy hal qilish koʻnikmalari shakllantiriladi. 🕔 Darslar, oʻrtada 1 soat tanaffus bilan soat 10:00 dan kechki 17:00 gacha boʻladi. Dushanbadan-jumagacha majburiy darslarda qatnashish lozim. Shanba kuni - selfstudy. 🧑🏫 Darslarni 4 nafar mutaxassis olib boradi. Oʻquvchilar, 3-oydan boshlab toʻliq amaliyot va real loyihalar bilan ishlashga oʻtadi. • Kursda qatnashish uchun rus yoki ingliz tilini oʻqib tushunish darajasida bilish kerak; • Eng birinchi toʻlov qilgan 10 ta oʻquvchi qabul qilinadi; • Darslar 20-fevraldan boshlanadi; • Kurs narxi 18 million so'm. 👉 Quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting —forms.gle/huhg7EiymZWBkwoY6 Projectmanagers.uz | Tarmoqlarimiz
Publicado 26 ene
Kopirayting — reklama yoki marketingning turli shakllari uchun matn yozish. SMMʼning muhim qismlaridan biri. Bugungi kunda mazkur sohaning koʻlami va tobora serdaromad kasbga aylanayotganini hisobga olgan holda kopirayterlikka doir darslarni berib borishga qaror qildik. 1-dars. Kopirayting nima? Uning turlari va vazifalari. 👉YouTubeʼda koʻring TG | Youtube | Mover.uz | Instagram | Facebook
Publicado 13 ene
Publicado 13 ene
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etamiz! 🇺🇿 Co-Learning Academy jamoasi Vatanimiz muhofazasi uchun tinimsiz mehnat qilayotgan har bir fuqaroni chin qalbdan muborakbod etamiz! TG|Youtube|Mover.uz|Instagram|Facebook
Publicado 30 dic
😊 Doʻstlar, Co-Learning Center jamoasi va Project Managers kompaniyasi, siz azizlarga bayram tabrigi hamda yil sarhisobini tayyorladi. 🎄 Taqvimning yangi sahifasini yangicha shijoat bilan boshlang! Adrenalin, foydali bilimlar va shunchaki doʻstona muhit uchun Co-Learning Centerʼda qoling! Yangi Yilingiz Bilan! @colearninguz