TGTGInsightinteligencia telegramLIVE / telegram public index
Volver a canales
Co-Learning Academy avatar

TGINSIGHT CHAT

Co-Learning Academy

@colearningacademy

Educación

Co-Learning Academy - bo'lajak dasturchilarga mo'ljallangan o'quv platformasi. YouTube: u.nu/clahub Mover: u.nu/clahubuzmover

Suscriptores192Suscriptores actuales
Posts rastreados92Posts indexados
Alcance reciente10,239Vistas de posts recientes
Posts recientes

Posts recientes

Etiqueta: #cla · 6 posts

当前筛选 #cla清除筛选

Publicado 7 dic

8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi kuni! Tinch hayot kechirishimizda muhim omil hisoblangan Konstitutsiyamiz 1992-yil, 8-dekabr kuni qabul qilingan. 🇺🇿 Aziz yurtdoshlar, Co-Learning Academy jamoasi sizni mana shunday ulug' kun bilan muborakbod etadi. Yurtimiz doimo tinch va osoyishta bo'lsin! #Uzbekistan#CLA#Konstitutsiya#EyAzizYurtim

2,070 views

Publicado 14 ago

​​Assalomu alaykum hurmatli CoLearning Academy kuzatuvchilari! Mana, sekin-asta jamoalarga bo'linib ham oldik. Keling endi tanishib olsak! Biz boshlab bera qolamiz... Dizayn jamoasi: 🎨 Figma: Murodxo'ja Muratov Grafik dizayn asoslari: Jasurbek Urolboyev Photoshop: Shohrux Bakhtiyarov Adobe Illustrator: Jasurbek Pulatov PHP dasturlash tili:🦾 Kurs olib boruvchi — Javohir Elmurodov Django framework: 🙋‍♀️ Kurs olib boruvchisi — Xaitmetova Xojarbu Ingiliz tili:🤩 Kurs olib boruvchisi — Jamshid Axmadaliyev Agarda sizda IT sohasiga kirib o'z bilimingizni oshirishda savlalar bo'lsa, bizning onlayn darslarimiz orqali ularga javob topishingiz mumkin. #CLA#team#tanishamiz#komanda Bizhaqimizda: TG|Youtube|Mover.uz|Instagram|Facebook

1,610 views

Publicado 21 jul

​CoLearning Academy'da tahsil olib profi bo‘lish uchun birgina video-darslarimizni kuzatib borish kamlik qiladi. Bu borada tajribali tutorlarimizning bir shingil maslahatlari bilan tanishing: Hojarbu Xaitmetova, tutor: “Django DRF bilan ishlashdan oldin, django frameworkning o‘zidan kamida boshlang‘ich ma’lumotga ega bo‘lish zarur. Ya’ni class’lar va funksiyalar bilan ishlash, Database structure, API o‘zi nimaligini tushunish kerak bo‘ladi” Jasurbek Urolboyev, tutor: “CLA kurslarini aynan bazoviy darslardan boshlaganmiz. Ularni o‘rganish uchun asosiysi, qiziqish bo‘lishi zarur. Iloji bo‘lsa, Smashing magazine kabi bloglarni kuzatib boring”. Jasurbek Po‘latov, tutor: Qo‘shimcha tarzda skillshare.comkabi turli kurslarni kuzatib boring. Sifatli darslar rus tilida ko‘p, lekin ingliz tilini bilsa - bu oltin kalit bo‘ladi. Til bilmasangiz ham muammo emas: kontentlarimizda IT sohasiga doir zarur bilimlarni ko‘proq berishga harakat qilyapmiz. #CLA#we_teach_it#академия_знаний#CLC#level_up#SkillShare Bizhaqimizda: TG|Youtube|Mover.uz|Instagram|Facebook

2,450 views

Publicado 4 jul

​Mo’maygina maosh olish kimga ham yoqmaydi, deysiz? Masalan, IT mutaxassislari ichida 2020-yil iyun ma’lumotlariga ko’ra robototexniklar yiliga $100.000 dan ko’proq maosh olishar ekan. I-Tech'ning yana bir yo'nalishi borki, ular yiliga $5 mln dan ko'proq daromad qilishadi. Bular kiborg va gumanoid yaratish sohasi bo'lib, birinchisi tirik organizmga o'rnatilgan robotik qismlar yaratish bo'lsa, gumanoid deganda, inson ko'rinishidagi barcha mavjudot yoki mashinalarni yaratish tushuniladi. CoLearning Center jamoasi robototexnikaga birinchi qadamni scratch dasturlash tilidan boshlashni maslahat beradi. Eslatib o'tamiz, CoLearning Academy'da Scratch dasturlash tiliga oid video-darslarimizning birinchi fasli o'z yakuniga yetdi. Ha, aytgancha, scratch darslarining o'zbek tilidagi formatini yaqin kunlarda taqdim etamiz. Qulay imkoniyatni qo’ldan boy bermang! #RobotoTech#IT#CLC#scratch#cyborg#CLA#humanoid Bizhaqimizda: Instagram|Facebook|Twitter|YouTube|TG

399 views

Publicado 1 jun

​Bolalar - xalq kelajagi, ertangi kuni. Atak-chechak qilib o‘ynab yurgan bolajon - ko‘z quvonchi, dil ardog‘i. "Kattalarning" vazifasi ana shu hayot chechaklarini asrab-avaylab, ularga baxtli bolalik yaratib berishdir. Bu vazifani insoniyat unutmasligi uchun "1-iyun xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" sifatida tarixga kirgan. Bugungi sinovli kunlarda oilasi bag‘rida ham masofadan turib bo‘lsa-da tinim bilmay mehnat qilayotgan qadrli yurtdoshlar, yoningizda ulg‘ayotgan bolajonlarni asrang, mitti qalb sohiblariga bayram kayfiyatini ulashing! Bayramingiz muborak ertamiz Egalari! #bolalar#CLA#IT#savethechildren TG | Youtube | Mover.uz | Instagram | Facebook

2,040 views

Publicado 23 may

​"Co-Learning Academy" da ta’lim olish yanada oson va yoqimliroq! Bepul va samarali deganda siz nimani tushunasiz? Mobil ilovanimi? Co-Learning Academy o‘quvchilari esa bu borada ancha ilg‘ordirlar. Zero bizning shundoq ham bepul va samarali darslarimizdan endi internet trafiklarisiz foydalanishingiz mumkin. Bu qulaylikni biz Mover.uz saytida yo‘lga qo‘ydiik. "Co-Learning Academy" ni quyidagi link orqali kuzatib boring va biz bilan bilimingizni oshiring! https://mover.uz/channel/ColearningAcademyUz/ "Co-Learning Academy" - hamma vaqt, har joyda! #CLA#MoverUz#IT TG | Youtube | Mover.uz | Instagram | Facebook

1,670 views