TGTGInsightinteligencia telegramLIVE / telegram public index
Volver a canales
Surxon Davlat Qo`riqxonasi avatar

TGINSIGHT CHAT

Surxon Davlat Qo`riqxonasi

@sdqsurxon

Educación

Flora va fauna

Suscriptores637Suscriptores actuales
Posts rastreados1,003Posts indexados
Alcance reciente5,113Vistas de posts recientes
Posts recientes

Posts recientes

Pág. 12 de 84 · 1,003 posts

Publicado 13 mar

Alectoris chukar- Kaklik. O‘rta kattalikdagi qush. Bosh, bo‘yin, еlka va yuqori qanot usti qizil-pushti tusli. Pastki ko‘krak kulrang. Chakka va bo‘yin oldi ochroq-oq, qorin va pastki dum ochroq-sariq rangda bo‘ladi. Tananing yon tomonlari sariq keng qora ko‘ndalang chiziqlar mavjud. Og‘izning pastki burchagida va jag‘da qora dog‘ bor. Urg‘ochi va erkaklari o‘xshash, lekin urg`ochilari biroz kichikroqligi va oyoq pastki qismi bo`rtiq (pixi) yo‘qligi bilan farq qiladi. Yosh qushlar qum-kul rangida, patlari uchida oqish uchburchak dog‘lar bor. Tomoq va qorin sarg‘ish-oq. Ko‘ksi qumli-kulrang, oq uchburchak dog‘lar bilan farqlanadi. O‘simliklar ostiga in quradi, may oyida 7-22 tagacha tuxum qo‘yadi va 24 kun bosib yotadi. Polaponlari may-iyun oylarida tuxumdan chiqadi. 🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌 TelegramInstagramYouTubeFacebook

220 views

Publicado 13 mar

Yovvoyi cho‘chqa- Sus scrofa Linnaeus- Кабан Yovvoyi cho‘chqa boshining kattaligi va qoziq tishining juda katta bo‘lishi, oyoqlarining deyarli uzun va tanasining oldingi qismining yaxshi rivojlanganligi bilan uy cho‘chqalaridan farq qiladi. Tanasining kattaligi (boshi bilan) 180 sm, erkagining og‘irligi 220-240 kg, urg‘ochisining og‘irligi esa 100-120 kg. Yovvoyi cho‘chqaning tanasi yozda siyrak va qattiq qillar bilan, qishda esa uzun qil va mayin qalin tivit bilan qoplanadi. Bularning rangi o‘ziga xosdir. Ochiq qo‘ng‘ir rangdan qoramtir, deyarli qoragacha bo‘ladi. Cho‘chqalar soni 4-6, ba’zan esa hatto 12 ta . Yangi tug‘ilgan cho‘chqa og‘irligi 600 dan 1650 g gachani tashkil qiladi. 🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌 TelegramInstagramYouTubeFacebook Telegram Surxon Davlat Qo`riqxonasi Flora va fauna

244 views

Publicado 13 mar

🐦‍⬛️ Columba livia- Сизый голуб- Ko‘k kaptar O‘rta kattalikdagi kaptar. Patlarining umumiy rangi ko‘kimtir. Yon tomondan qaralganda qanot bo‘ylab ikkita uzluksiz qora chiziq ko‘rinadi. Ba’zi holatlarda orqa tomonda keng oq yoki biroz zangori chiziq ko‘rinadi. Dumida boshqarish patlarining qora uchlari aniq ko‘rinib turadi. Parvozda pastdan qaralganda qanotlarning ostki tomoni tananing ostki tomoniga qaraganda ancha ochligi seziladi. Bo‘yinda yashil metall tovlanish chiziqlar mavjud, tomog`i mis-qizil. Rangida jinsiy dimorfizm yo‘q. Yosh kaptarlarning bo‘ynida metall tovlanish yo‘q, orqa tomonidagi oq rangi ko‘pincha zangori rang bilan aralashgan bo‘ladi. Qanoti uzunligi - 184-240 mm. Qo‘riqxona xududida yil davomida iqlimning qulayligiga qarab bir necha bor tuxum qo`yadi. 🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌 TelegramInstagramYouTubeFacebook Telegram Surxon Davlat Qo`riqxonasi Flora va fauna

210 views

Publicado 13 mar

Yovvoyi cho‘chqa- Sus scrofa Linnaeus- Кабан Yovvoyi cho‘chqa boshining kattaligi va qoziq tishining juda katta bo‘lishi, oyoqlarining deyarli uzun va tanasining oldingi qismining yaxshi rivojlanganligi bilan uy cho‘chqalaridan farq qiladi. Tanasining kattaligi (boshi bilan) 180 sm, erkagining og‘irligi 220-240 kg, urg‘ochisining og‘irligi esa 100-120 kg. Yovvoyi cho‘chqaning tanasi yozda siyrak va qattiq qillar bilan, qishda esa uzun qil va mayin qalin tivit bilan qoplanadi. Bularning rangi o‘ziga xosdir. Ochiq qo‘ng‘ir rangdan qoramtir, deyarli qoragacha bo‘ladi. Cho‘chqalar soni 4-6, ba’zan esa hatto 12 ta . Yangi tug‘ilgan cho‘chqa og‘irligi 600 dan 1650 g gachani tashkil qiladi. 🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌 TelegramInstagramYouTubeFacebook Telegram Surxon Davlat Qo`riqxonasi Flora va fauna

292 views

Publicado 13 mar

#IQTIBOS Hafta Iqtibosi "Yerni asrang, u bizga ota-onamizdan meros qolgan emas, farzandlarimizdan olingan qarzdir." — Hindular maqoli 🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌 TelegramInstagramYouTubeFacebook Telegram Surxon Davlat Qo`riqxonasi Flora va fauna

290 views

Hashtags

Publicado 6 mar

#IQTIBOS Hafta Iqtibosi "Bahor — bu tabiatning kulgusidir." — Ralf Uoldo Emerson 🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌 TelegramInstagramYouTubeFacebook Telegram Surxon Davlat Qo`riqxonasi Flora va fauna

545 views

Hashtags

Publicado 5 mar

#Ecoland_loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) bilan hamkorlikda Global ekologik jamg‘armasining (GEF) moliyaviy ko‘magidagi “Oʻzbekistonda yuqori qiymatga ega landshaftlarni saqlash va qayta tiklashni integratsiyalashgan boshqarish” (ECOLAND) loyihasi mutaxassislari Surxon davlat qo`riqxonasida faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌 TelegramInstagramYouTubeFacebook Telegram Surxon Davlat Qo`riqxonasi Flora va fauna

675 views

Publicado 27 feb

#Nature_no_comment “Surxon” tog`larida tabiat manzaralari. Malumot uchun Surxon davlat qoriqxonasining umumiy yer maydoni 23.802 gani tashkil etib qoriqxona hududi 7 bolimdan iborat. 🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌 TelegramInstagramYouTubeFacebook Telegram Surxon Davlat Qo`riqxonasi Flora va fauna

667 views

Publicado 27 feb

#Nature_no_comment “Surxon” tog`larida tabiat manzaralari. Malumot uchun Surxon davlat qoriqxonasining umumiy yer maydoni 23.802 gani tashkil etib qoriqxona hududi 7 bolimdan iborat. 🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌 TelegramInstagramYouTubeFacebook Telegram Surxon Davlat Qo`riqxonasi Flora va fauna

695 views

Publicado 27 feb

#IQTIBOS Hafta Iqtibosi "Tabiat bilan uyg'unlikda yashash — baxtning kalitidir." — Sitseron 🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌 TelegramInstagramYouTubeFacebook Telegram Surxon Davlat Qo`riqxonasi Flora va fauna

407 views

Hashtags

Publicado 26 feb

Corydalis leduobureana, Ledebour burmanqorasi Koʻp yillik oʻt oʻsimlik, deyarli barglarsiz. Yuqoriga 20 sm ko‘tariladi, keng oraliqda, pushti yoki binafsha-pushti gullar, shakli o‘zgaruvchan (kengdan torgacha) va o‘lchami (uzunligi 16 dan 25 mm gacha). Gullari pushti rangda. Surxon davlat qo‘riqxonasining xududida gullagani kuzatildi. Surxon davlat qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi. 🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌 TelegramInstagramYouTubeFacebook Telegram Surxon Davlat Qo`riqxonasi Flora va fauna

443 views

Publicado 26 feb

🌼Eranthis longistipitata, Uzunbandli shibaterantis,🌼 Birinchi bora qish faslida gullagani kuzatildi. Bo’yi 10-15 sm gacha o'sadigan ko’p yillik o'simliklardir. Gullari sariq va bahorda birinchilardan bo'lib, subtropik iqlim sharoitida yanvar oyida o'sib chiqadi, garchi keyinchalik qishki qor qoplami erimasa ham ular sovuqqa chidamli va yangi qor qoplamidan osongina o'sib chiqa oladi. Barglari faqat gullab bo'lganidan keyingina to'liq kengayadi. Urug'lari 5-8 sm diametrli, bir nechta tirqishli va faqat 2-3 oy davom etadi, kech bahorda nobut bo'ladi. Bu o'simlik turlari bahorgi efemerlar bo'lib, o’rmon zonalarda o'sadi va daraxtlarning barglari chiqishidan oldin quyosh nuridan foydalanib o'sib oladi. Daraxt barglarining soyasi zichlashganda yoki quruq joylarda, yoz qurg'oqchil kelganda tez nobut bo'ladi. Surxon davlat qo’riqxonasida muhofaza qilinadi. 🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌 TelegramInstagramYouTubeFacebook Telegram Surxon Davlat Qo`riqxonasi Flora va fauna

425 views
12•••5•••101112131415•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384