TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Tagasi kanalitesse
CV muhandis kundaligi avatar

TGINSIGHT CHAT

CV muhandis kundaligi

@learncvuz

Technologies

Let's teach cameras to see #DL#ML#AI#CV#ComputerVision #OpenSource https://connected.uz/x/InomjonRamatov inomjonramatov.uz

Tellijad256Praegused tellijad
Jälgitud postitused63Indekseeritud postituste arv
Hiljutine haare3,467Hiljutiste vaatamiste summa
Hiljutised postitused

Hiljutised postitused

Lehekülg 3 / 6 · 63 postitust

Avaldatud 30. juuni

428 views

Avaldatud 27. juuni

🚀 Warp 2.0: Agentik Dasturlash Muhiti bilan tanishing Avval terminalda AI bilan ishlashi bilan mashhur bo‘lgan Warp, endilikda o‘zini oddiy terminal yoki IDE emas, balki to‘liq Agentik Dasturlash Muhiti sifatida qayta taqdim etdi. @naxalov

332 views

Avaldatud 26. juuni

🚀 Gemini CLI: Open-Source AI in Your Terminal Gemini CLI — bu Gemini 2.5 Pro kuchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri terminalingizga olib keluvchi, bepul va ochiq manbali AI agentidir. 👨‍💻 GitHub: https://github.com/google-gemini/gemini-cli @naxalov

310 views

Avaldatud 24. juuni

So‘nggi 8 yilda Computer Vision’ga qiziqishim ortib, sohaga doir ko‘p narsani chuqurroq o‘rganib boryapman. Ayniqsa, ma'lum bir muammo uchun mos arxitektura yaratish, datasetlarni avtomatlashtirilgan tarzda — ground truth yoki synthetic usulda — generatsiya qilish bo‘yicha yaxshi tajriba to‘pladim. Vaqt o‘tib, odamlar bilan muloqot ham menga modelni tahlil qilishga o‘xshab tuyula boshladi. Ko‘z qarashi, intonatsiyasi, ibora tanlovi — bular orqali inson nima demoqchiligi, qanday savolga javob qidirayotgani taxmin qilaman. Ba’zida esa kulgili bo‘lsa-da, o‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: “Siz qaysi datasetda o‘qitilgansiz?” 😄 Gapirish uslubi, fikrlash yo‘li ko‘pincha odamning "qaysi muhitda pretrain bo‘lganini" ochib beradi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa ko‘pchilik o‘z pozitsiyasini qat’iy e’tiqod emas, balki "hozirgi trend"ga moslashgan bir turdagi bias orqali bildiradi. Va natijada — ular boshqa "model"lardan eshitgan gap-so‘zlarni o‘z parametrlariga moslab qayta aytib beradi. Odamlar, aslidа, til modellari bilan ko‘p jihatdan o‘xshashdek. Ular atrofidan olgan bilimni ichki “tokenizer” orqali filtrlab, soddalashtirib yoki murakkablashtirib, o‘zlariga mos shaklda yetkazishga harakat qiladi. Ijodkor va reflektiv odamlar esa retelling bilan cheklanmaydi — ular o‘z “dataset”ini o‘zi yaratadi, biror g‘oyani kontekstga qo‘yib, tajriba, kuzatuv va hissiyot bilan boyitadi. Bu esa mutlaqo yangi “knowledge universe”ning tug‘ilishiga olib keladi. Menimcha, kimdir tayyor skriptda yashayapdi, kimdir esa o‘zining “transfer learning” bosqichidan o‘tyapti. Bu balki kasbiy deformatsiyadir. Sizda ham shunday holat kuzatilganmi? 😉

328 views

Avaldatud 22. juuni

Salom, mening ismim ChatGPT Men LLM (Large Language Model) oilasidanman. Men internetda mavjud bo‘lgan juda ko‘p textlarni uzoq vaqt davomida juda kuchli kompyuterlarda o‘qib chiqqanman. Ulardan o‘rganganlarimni maxsus ma’lumotlar bazasiga mahsus formatda saqlab qo‘yganman. Mening qiladigan ishim juda ham sodda. Oson emas, lekin sodda. U quyidagicha: 1. Menga kimdir text jo‘natadi. Deylik, 6 ta so‘zdan iborat. 2. Men bu textni o‘qiyman. 3. Shu berilgan textdan keyin qaysi so‘z kelishini ma’lumotlar bazasidan qarab olib foydalanuvchiga jo‘nataman. Endi text 6 ta emas, 7 ta so‘zdan iborat. 4. Shu 7 ta so‘zni o‘qiyman va shu textdan keyin qaysi so‘z kelishini ma’lumotlar bazasidan qarab olib foydalanuvchiga jo‘nataman. Endi text 7 ta emas, 8 ta so‘zdan iborat. 5. Shu 8 ta so‘zni o‘qiyman va shu textdan keyin qaysi so‘z kelishini ma’lumotlar bazasidan qarab olib foydalanuvchiga jo‘nataman. Endi text 8 ta emas, 9 ta so‘zdan iborat. 6. Shu 9 ta so‘zni o‘qiyman….. Ko‘rib turganingizdek, menda hech qanday “fikrlash” yo‘q. Men shunchaki qaysi so‘zdan keyin qaysi so‘z kelishini internetdagi ma’lumotlar orqali juda yaxshi o‘rganib olganman. Va shunchaki “popugay” kabi foydalanuvchiga qaytarib beraman. Shuning uchun ham javobni birdaniga jo’nata olmayman. So’zlarni birma bir alohida jo’nata olaman holos. Tanishganimdan xursandman. P.S. bu albatta LLMlarning qilayotgan asosiy ishini tushuntirish maqsadida yozilgan, juda soddalashtirilgan kichik post. @jakhonrakhmonov

277 views

Avaldatud 21. juuni

OpenAI’ning asosiy olimlaridan biri Noam Braun bilan qiziqarli intervyu chiqdi. Bu o‘sha Braun — Ilon Mask, Sergey Brin va boshqa “katta baliqlar” "hunting" qilishga harakat qilgan yigit. Hozirda u Altmanning research reasoning jamoasida ishlaydi, va aynan uning ishi tufayli bizda o1 va boshqa "thinking" modellari paydo bo‘ldi. Intervyuda u qiziq bir fikrni aytdi: Zamonaviy modellar – bu “AI g‘or odamlari”. Agar milliardlab agentlar uzoq vaqt davomida bir-biri bilan hamkorlik va raqobat qilsa, bu bir sivilizatsiyaga aylanadi. Bizning ajdodlarimizda ham biznikidek miya bo‘lgan, ammo ular bizning dunyomizda yashamagan. Inson intellektini keng miqyosda ishlatish uchun ming yillik tarix kerak bo‘ldi. AI ham xuddi shuni talab qiladi. Faqat bu sivilizatsiyani u ancha tezroq qurishi mumkin. To‘liq intervyuni ko‘rishni tavsiya qilaman: olim reasoning, OpenAI ichki maqsadlari, agentlar va, albatta, AI kelajagi haqida fikrlari bilan bo'lishgan.

282 views

Avaldatud 21. juuni

views

Avaldatud 20. juuni

🎓 “Sun’iy intellekt davrida dasturlash” © Andrey Karpaty San-Fransiskoda taniqli Y Combinator venchur fondi tomonidan katta AI Startup School tadbiri o‘tkazildi. Unda mashhur mutaxassis – Andrey Karpaty so'zga chiqdi. To'liq video bu yerda. Mavzu quyidagilarni qamrab oladi: ➖ Software (Dasturiy ta’minot) kelajagi va yaqin 2–3 yil ichida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda ➖"Vayb-koding" nima? Va bugungi “sog‘lom” dasturchi bu jarayonga qanday yondashadi – partial autonomy apps tushunchasi. ➖ LLM (katta til modellari) asosidagi operatsion tizimlar qanday ishlaydi va ular ochadigan imkoniyatlar. ➖ Zamonaviy LLM’lar nega ba’zan ishlamaydi – bu texnik muammolarning asl sabablari nimalarda? ➖ Bugungi dasturchi nimalarni o‘rganishi zarur P.S: Karpaty har doimgidek yuqori saviyadagi fikrlari bilan bo'lishgan, tavsiya qilaman, vaqt topib albatta ko‘ring. Ma’ruza qisqa, ammo mazmunli.

372 views

Avaldatud 19. juuni

📌 ChatGPT qanday ishlaydi? Matematik asos bilan tushuntiramiz! Bugun ChatGPT, Google Bard, Claude kabi sun’iy intellektlar har bir so‘zimizga mantiqiy, hatto ijodiy javob qaytara olmoqda. Bular ortida nima turibdi? 🔍 Javob: Transformer modeli, ya’ni zamonaviy AI’ning asosi. 🎯 Uning yuragida yotgan formulani bilasizmi? 👆🏻Rasmga qarang Bu formula self-attention deb ataladi — u har bir so‘zning boshqa so‘zlarga nisbatan qanchalik muhimligini ehtimollar asosida hisoblab beradi. 🧠 Oddiy qilib aytganda: Q = so‘rov (query) K = kalit (key) V = qiymat (value) Softmax esa – sonlarni ehtimollikka aylantiruvchi matematik funksiya. Masalan: > "Men bugun maktabga bordim, chunki..." Bu yerda "chunki" degan so‘z oldingi gapdagi “bordim” bilan bog‘liqligini AI aynan shu model yordamida anglaydi. - Shunday qilib, matematika nafaqat sonlar bilan ishlash, balki sun’iy intellektni yaratuvchi fikrlash qurolidir.

226 views

Avaldatud 19. juuni

📚AQSh'ning eng top universiteti bo’lgan MIT bepul kurslarni chiqardi! 2025-yilda o’tkazib yuborib bo‘lmaydigan 5 ta kurslar: 1. AI For Everyone — sun’iy intellekt bo’yicha bazaviy kurs. Kursda SI nima ekanligini, u qayerda ishlatilishini, biznes va jamiyatga qanday ta'sir qilishini tushuntirishadi. 2. Generative AI for Data Analysts Specialization. Ma'lumotlar tahlili uchun generativ SI ko’nikmalarini o’rganing. Hatto tajribasi bo’lmaganlar uchun ham to’g’ri keladi. 3. Generative AI with Large Language Models. GPT kabi katta til modellari (LLM) qanday ishlashini bilib oling. Uni loyihalash, o’qitish va qo’llashni tushunib olasiz. 4. Generative AI: Prompt Engineering Basics. SI uchun prompt'lar (matnli so’rovlar) yaratish bo’yicha bazaviy kurs. LLM'dan qanday samarali foydalanishni tushunmoqchi bo’lgan yangi boshlanuvchilar uchun ideal kurs. 5. IBM AI Developer Professional Certificate. SI ishlab chiqish bo’yicha to’liq kurs: generativ modellar va chatbotlardan to SI ilovalargacha. Dastur 6 oyga mo’ljallangan. Yozni foyda bilan o’tkazing. @doktorantlarofficial @doktorantlarofficial_group

246 views

Avaldatud 18. juuni

Mashhurlar ishtirokida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan yuqoridagi kabi videolar — yangi tushunchalarni o'rganishda hayratlanarli darajada samarali vosita bo‘lib chiqyapti. Eng qizig‘i, ular juda tez ommalashyapti — mana shu videoni ikki kun ichida 5 million odam ko‘rgan 👀

412 views

Avaldatud 18. juuni

📚ArXiv Research Agent — ilmiy tadqiqotlar uchun ajoyib yordamchi. Bu agent mustaqil ravishda quyidagilarni bajara oladi: • arXiv, bioRxiv, medRxiv va Semantic Scholar platformalaridan sizga mos maqolalarni topadi • To‘liq adabiyotlar sharhini amalga oshiradi • Siz e’tibor bermagan jihatlarni ko‘rsatadi va nimalarni qo‘shish mumkinligini taklif qiladi • Millionlab ilmiy ishlardan chuqur tahlil va sitatalar beradi • Tayyor konspekt va xulosa chiqaradi va yana ko‘plab foydali funksiyalarni taklif etadi. Yaqinda MCP (Multi-Contextual Pretraining) qo‘llab-quvvatlovi ham qo‘shilishi kutilmoqda.

254 views