Julkaisun sisältö
#Live "Inno" texno parki doirasida yangi loyihalar start olmoqda Tadbir jarayonlari davom etarkan uning asosiy qismida ilm-fan va innovatsiya sohasidagi yetakchi mutaxassislar minbarga chiqmoqda. Zafar Azimov, Kongratbay Sharipov hamda vengriyalik hamkorlar — Rodrigo Ballester, Yozef Rozsa, Bela Merkeli va boshqa nufuzli mehmonlar o‘z nutqlarida ilmiy parkning kelajakdagi roli hamda ikki davlat o‘rtasidagi texnologik transferlar haqida to‘xtalib o‘tdilar. Shuningdek, Ulug‘bek Xusainov, Levente Kovach, Botir Usmonov va Alisher Usmankulov innovatsion loyihalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha o‘z istiqbolli rejalarini bayon qildilar. Shundan soʻng Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda nufuzli Obuda University (Vengriya), Jizzax politexnika instituti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari imzolandi. Ushbu hujjatlar talabalar uchun katta imkoniyatlar, jumladan Vengriyaning nufuzli Obuda universiteti bilan o‘zbek talabalarini o‘qishga qabul qilish bo‘yicha qator oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida nafaqat rasmiy shartnoma balki talabalar almashinuvi, qoʻshma ilmiy tadqiqotlar va yangi texnologiyalarni yaratish uchun huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi. Shuningdek, endilikda quyidagi OTM talabalari xalqaro standartlar asosida bilim olish imkoniga ega bo‘ladilar: 🔹 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU); 🔹 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU); 🔹 Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU); 🔹 "TIIAME" Milliy tadqiqot universiteti; 🔹 Jizzax politexnika instituti; 🔹 Toshkent kimyo-technologiya instituti. Taʼkidlash joizki, ushbu kelishuvlar yosh olimlarimiz va talabalarimiz uchun jahon ilm-fani eshiklarini ochadi! 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|