Julkaisun sisältö
#Live Bayram tadbiri yuqori kayfiyatda boshlandi! Jizzax shahridagi muhtasham Anjumanlar saroyida 8-mart bayrami tantanalari qizg‘in davom etmoqda. Dastavval viloyat hokimi Ulugʻbek Mustafoyev oʻz tabriklari bilan tadbirni ochib berdilar. Viloyat rahbari o‘z nutqida bugungi kunda jamiyatimiz rivoji, oilalar mustahkamligi va yoshlar tarbiyasida xotin-qizlarning o‘rni beqiyos ekanligini alohida ta’kidlab, barcha onaxonlaru opa-singillarimizga ezgu tilaklarini bildirdi. Jizzax viloyati hikimi viloyatimizning faol ayollariga Davlat mukofotlari, koʻkrak nishonlari, faxriy yorliqlari hamda esdalik sovgʻalarini topshirdilar. Bizni kuzatishda davom eting! 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|