TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← FORISH TUMANI HOKIMLIGI
FORISH TUMANI HOKIMLIGI avatar

TGINSIGHT POST

Post #93899

@forishtumani

FORISH TUMANI HOKIMLIGI

Näyttökerrat664Julkaisun näyttökerrat
Julkaistu26.3.26.03.2026 klo 08.49
Sisältö

Julkaisun sisältö

#LIVE HOKIM VA PROKUROR YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH BO'YICHA UCHRASHUV O'TKAZDI ➡️ Payshanba kuni “Yoshlar kuni” munosabati bilan Forish tumani Madaniyat markazida yoshlar masalalariga bag‘ishlangan keng qamrovli amaliy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbir doirasida hokim va yoshlar uchrashuvi, shuningdek “bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. ➡️ Tadbirda Forish tumani hokimi Soxib Islamov hamda tuman prokurori Ulug‘bek Shonazarov yoshlar bilan uchrashib, ularning fikr va takliflarini tingladi, mavjud muammolarini atroflicha o‘rgandi hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi. ➡️ Shuningdek, tadbirda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman prokurori, soliq inspeksiyasi vakillari, barcha tegishli tashkilotlar hamda hududda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. ➡️ Mehnat yarmarkasida ishtirok etgan tashkilotlar yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etib, ularga ishga joylashish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Ayniqsa, tadbirga tumanda o‘tkazilgan xatlov jarayonida aniqlangan ishsiz yoshlar keng jalb etildi. ➡️ Tadbir davomida yoshlar tomonidan bildirilgan ishga joylashish, tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli kreditlar ajratish hamda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha murojaatlar amaldagi yarmarka jarayonida ko‘rib chiqildi. Tadbir davomida ko‘plab yoshlar o‘z qiziqishlari bo‘yicha ishga joylashish imkoniga ega bo‘ldilar. ➡️ Mazkur tadbir yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda davlat va yoshlar o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi. 👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. 📱Telegram / 📨Websayt / 📱Facebook / 📱YouTube