TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← OnePlus Guide

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Trouver du contenu similaire

Chaîne source @OnePlusGuide · Post #3085 · 23 mars

🔻SEGUI LA PRESENTAZIONE DEI ONEPLUS 9 CON NOI🔻 #OP#OP9PRO#OP9R#LIVE Siamo felici di annunciarvi che, come per OnePlus 8 ed 8T commenteremo Live presentazione di OnePlus 9 oggi dalle ore 14:30. Quest'anno abbiamo deciso di utilizzare ben 2 piattaforme per lo streaming, infatti saremo Live sia su YouTube che su Twitch. 📝 Per ricordarvi dell'evento vi consigliamo attivare la campanella sulla vostra piattaforma preferita tramite i link sottostanti. Vi aspettiamo numerosissimi! 🟣LIVE TWITCH (principale) 🔴LIVE YOUTUBE 📝 Dalle 14:45 gruppi verranno chiusi per spostare le discussioni in live — Il nostro canale 👉🏻@oneplusguide I nostri gruppi 👉🏻@oneplusitcommunity

Résultats

2,306 posts similaires trouvés

Recherche globale générale

Azizbek Akbarov

@ekoazizbek · Post #1690 · 06/10/2025 06:04

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Shovqin darajasi yuqori bo‘lgan transport vositalarini boshqarganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda Yig‘ilishda "Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida"gi QL–1186-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Mazkur qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasiga shovqin darajasi belgilangan normalardan ortiq bo‘lgan transport vositalarini boshqarganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda. Bu bilan yarim kechasi mahallalarda aholining tinchligini buzib, mashinasida baland musiqa qo‘yib yuruvchi, shuningdek, turli ovoz kuchaytirilgan sport mashinalari va mototsikllarini boshqarayotgan shaxslarni tartibga solishning huquqiy asosi mustahkamlanadi. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

Azizbek Akbarov

@ekoazizbek · Post #1687 · 06/10/2025 05:31

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi. Fraksiyamizning bugungi yig‘ilishida ham bir qator muhim qonun loyihalarini ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan. Bizni kuzatishda davom eting, qonun loyihalaridagi yangiliklar, kiritilayotgan o‘zgartirishlar bilan sizlarni batafsil tanishtirib boramiz. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

Azizbek Akbarov

@ekoazizbek · Post #1657 · 22/09/2025 06:43

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo’lib o’tmoqda. Bizni kuzatishda davom eting, qonunchilikdagi o'zgarish va yangiliklar bilan sizni batafsil tanishtirib boramiz. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

Azizbek Akbarov

@ekoazizbek · Post #1643 · 15/09/2025 08:25

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Fraksiyamizning avvalgi yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga atrof-muhit, hayvonot va o‘simlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi. Deputatlar tomonidan bildirilgan e’tiroz va takliflar inobatga olinib, qonun loyihasi matniga kiritilgani, aniqlashtirilishi zarur bo‘lgan jihatlar to‘ldirilganiga e’tibor qaratildi. Qonun loyihasini yanada takomillashtirish bo‘yicha bir qator fikrlar aytildi. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

Azizbek Akbarov

@ekoazizbek · Post #1626 · 08/09/2025 09:44

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Yangi qonun — Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 3-fevraldagi PQ–41-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi fraksiyamizning bugungi yig’ilishida ko’rib chiqildi. Qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga quyidagi o‘zgartirishlarni kiritish taklif etilmoqda: 1) 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlaridan foydalanadigan ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan har bir farzand uchun to‘lanadigan oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlarini soliq solinmaydigan daromad sirasiga kiritish (378-modda); 2) 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim asosida kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno) to‘lashdan 2030-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilish(483-modda). ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

Azizbek Akbarov

@ekoazizbek · Post #1613 · 04/09/2025 09:28

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Shuningdek, fraksiya yig’ilishida O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a’zolarining joriy yilning 26–28 avgust kunlari saylov okruglaridagi faoliyati yakunlari ham sarhisob qilindi. Fraksiya rahbari tomonidan deputatlarning saylovchilar hamda murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirish borasida qator tafsiyalar berildi. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

Azizbek Akbarov

@ekoazizbek · Post #1612 · 04/09/2025 09:01

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo’lib o’tmoqda. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

Azizbek Akbarov

@ekoazizbek · Post #1569 · 18/08/2025 08:54

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Shuningdek bugungi yig‘ilishda "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Loyihada bir qator qonun hujjatlariga ularni o‘zaro muvofiqlashtirish, havolaki normalarni tizimlashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish mexanizmlarini hamda intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi 14 ta qonun hujjatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

Azizbek Akbarov

@ekoazizbek · Post #1568 · 18/08/2025 08:52

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

Azizbek Akbarov

@ekoazizbek · Post #1556 · 11/08/2025 10:03

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Fraksiyamiz yig‘ilishida Sun’iy intelektni qo‘llash orqali yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solinishiga oid qonun loyiha ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Bunda shaxsga doir ma’lumotlar, surat va videokadrlarni uning ruxsatisiz o‘zgartirish va tarqatish masalalariga qonun loyihasida qanchalik e’tibor qaratilgani, javobgarlik choralarining kuchaytirilayotgani muhokama qilindi. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

Azizbek Akbarov

@ekoazizbek · Post #1553 · 11/08/2025 09:16

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Ta’kidlash kerakkki, Davlatmiz rahbari tashabbusi bilan 2025-yilga “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb nom berilgani mamlakatimizning barqaror rivojlanishi, yuzaga kelgan ekologik muammolarni hal qilish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan bir necha muhim omilga asoslangan edi. Atrof-muhit masalasini asosiy kun tartibiga olib chiqish davlatimizga ayni masalarni bartaraf qilish imkonini berdi, jamoatchilikda esa tabiatga e’tiborni kuchaytirdi. “Yashil” iqtisodiyot – resurslardan samarali foydalanish, energiya manbalarini yangilash, chiqindilarni kamaytirish va tabiiy resurslarni saqlab qolish asosiga qurilgan iqtisodiy model. 2025 yil mazkur yo‘nalish mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan davlat dasturiga berilgan takliflarning amalga oshirilgani ham quvonarli. Yig’ilishda mazkur vazifalarning bajarilganlik holatiga alohida e’tibor qaratildi. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

Azizbek Akbarov

@ekoazizbek · Post #1552 · 11/08/2025 09:13

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi. Yig‘ilishda dastlab, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil" iqtisodiyot yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining birinchi yarim yillikda balarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti eshitilmoqda. Bizni kuzatishda davom eting. Yig’ilishda ko’rib chiqilayotgan masalalar, qonun loyihalaridagi asosiy yangilik, qo’shimcha va o’zgartirishlar bilan tanishtirib boramiz. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

12•••100101102103104105•••192193