🔻SEGUI LA PRESENTAZIONE DEI ONEPLUS 9 CON NOI🔻
#OP#OP9PRO#OP9R#LIVE
Siamo felici di annunciarvi che, come per OnePlus 8 ed 8T commenteremo Live presentazione di OnePlus 9 oggi dalle ore 14:30.
Quest'anno abbiamo deciso di utilizzare ben 2 piattaforme per lo streaming, infatti saremo Live sia su YouTube che su Twitch.
📝 Per ricordarvi dell'evento vi consigliamo attivare la campanella sulla vostra piattaforma preferita tramite i link sottostanti.
Vi aspettiamo numerosissimi!
🟣LIVE TWITCH (principale)
🔴LIVE YOUTUBE
📝 Dalle 14:45 gruppi verranno chiusi per spostare le discussioni in live
—
Il nostro canale 👉🏻@oneplusguide
I nostri gruppi 👉🏻@oneplusitcommunity
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Fuqaro va tadbirkorlarni sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlari joriy etilmoqda
Deputatlarimiz tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.
Loyiha bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks hamda “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Xususan, ma’muriy sudlarga sudga hurmatsizlik va sudning xususiy ajrimi talablarini bajarmaslik holatlari bo‘yicha ishlarni ko‘rish vakolati berilmoqda. Ma’muriy sud ishlarini yuritishda ishonchning huquqiy himoyasi prinsipi joriy etilib, dastlabki eshituv instituti tatbiq qilinadi.
Shuningdek, ma’muriy sudlar tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortish tartibi aniq belgilanmoqda hamda sud majlislarida uzrsiz qatnashmagan mansabdor shaxslarga nisbatan sud jarimasini qo‘llash mexanizmi nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, dastlabki eshituv natijasida ariza ko‘rmasdan qoldirilgan taqdirda to‘langan davlat bojini qaytarish tartibi belgilanmoqda.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Masofaviy soliq tekshiruvi: soliq nazorati takomillashtirilmoqda
Fraksiyamizning bugungi yig‘ilishida soliq nazoratini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Loyiha soliq nazoratida, xususan, “masofaviy soliq tekshiruvi” tushunchasiga aniqlik kiritish, ushbu tekshiruv tartibini soddalashtirish, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hamda budjet daromadlari barqarorligini ta’minlashni nazarda tutadi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, faqat markirovkalash qoidalarini buzish holatlari bo‘yicha masofaviy soliq tekshiruvi soliq to‘lovchining huzuriga bormasdan, huquqbuzarlik yuzasidan ikki marotaba ogohlantirish berilgandan so‘ng o‘tkaziladi. Agar huquqbuzarlik soliq organlarining axborot tizimlari orqali aniqlanib, rasmiy ogohlantirishdan keyin ham davom etsa, masofaviy tekshiruv tashkil etilib, dalolatnoma asosida belgilangan miqdorlarda jarima qo‘llanadi.
Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi “Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–190-son qarorida belgilangan talablar va qoidalar ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasida shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normalar nazarda tutilmoqda. Xususan, O‘zbekiston hududida saqlanishi majburiy bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar ro‘yxati aniq belgilanishi, jumladan, biometrik, genetik hamda telekommunikatsiya operatorlari xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslar ma’lumotlari kiritilmoqda.
Shuningdek, boshqa turdagi shaxsga doir ma’lumotlarni chet elga uzatish, ularni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha aniq talablar belgilanmoqda. Bunda xorijiy davlatlarda mazkur ma’lumotlar xavfsizligini yetarli darajada ta’minlash, vakolatli organlar talablariga rioya etish hamda xalqaro standartlarni joriy etish shartlari nazarda tutiladi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasiga shaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligi ta’minlaydigan davlatlar ro‘yxatini tasdiqlash vakolatini berish rejalashtirilmoqda.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini nazorat qilishda davlat nazorati va boshqaruvining yanada takomillashtirishga oid qonun loyihasi bilan javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.
Yig‘ilishda mazkur qonun loyihasi mavjud va qurilayotgan bino hamda inshootlarning seysmik bardoshliligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam va qo‘shimcha xizmatlar tartibga solinmoqda
Yig‘ilishda aholiga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmiga kiradigan xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasbiy faoliyatini amalga oshirish tizimini takomillashtirishga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasidan ko‘zlangan maqsad tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi aniq belgilanganligini inobatga olib, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmidan ortiqcha tibbiy yordam va boshqa xil qo‘shimcha xizmatlar, shuningdek, oilaviy shifokor yoki tibbiyot brigadasi yo‘llanmasisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilinganda pulli asosda tibbiy yordam ko‘rsatishning huquqiy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
Mazkur qonun loyihasi qabul qilinishi natijasida tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam va boshqa xil qo‘shimcha xizmatlar tartibga solinadi.
Shuningdek, qonunchilik talablariga mos kelmaydigan shaxslarning tibbiy va farmatsevtik faoliyat bilan shug‘ullanishining oldi olinadi.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Qo‘riqlash xizmati sifati yangi bosqichga olib chiqiladi
Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari ichki ishlar organlari tasarrufiga o‘tkazilganligi va Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti etib qayta tashkil etilganligi munosabati bilan bir qator qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Bugun fraksiyamiz yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqish vakolatiga doir bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarliklarni endilikda Ichki ishlar vazirligi Qo‘riqlash Departamenti mas’ul xodimlari ko‘rib chiqilishi belgilanmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi amaldagi mavjud qonunchilik hujjatlari tizimlashtirilishi, huquqni qo‘llash amaliyotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldi olinishiga va qo‘riqlash xizmatlari sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga hamda obyektlar qamrovini kengaytirishga xizmat qilishi aytildi.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining 2026-yildagi birinchi yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda. Bugungi yig‘ilishida bir qator muhim qonun loyihalarini ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan.
Bizni kuzatishda davom eting, qonun loyihalaridagi yangiliklar, kiritilayotgan o‘zgartirishlar bilan sizlarni batafsil tanishtirib boramiz.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Abdushukur Xamzayev: Ekologik muvozanatni ta’minlash, “yashil” energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanish Murojaatnomada beshinchi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. Bu davlat siyosatida ekologiya masalalariga bo‘lgan yondashuv mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilganini yana bir bor anglatdi.
Eng muhimi, davlatimiz rahbari bu yo‘nalishda har bir masala bo‘yicha amaliy mexanizm va moliyaviy ta’minotni ochiq belgilab berdi.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Erishilgan natijalar faqat statistik raqamlarda emas, balki odamlar hayotida ham aniq sezilmoqda, dedi yig‘ilishda so‘zga chiqqan fraksiya rahbari Abdushukur Xamzayev.
Joriy yilda 188 ta mahalladagi 715 ming aholi yashaydigan xonadonlarga birinchi marta toza ichimlik suvi kirib bordi. Yana 2 million 300 mingga yaqin aholining suv ta’minoti yaxshilandi. Bundan tashqari, 867 ta “og‘ir” mahalladagi 470 mingta xonadonga tomorqalarni sug‘orish uchun ilk bor suv yetib bordi. Bu davlat siyosatining bevosita mahallagacha tushib, odamlarning kundalik turmushini yaxshilayotganining yaqqol dalilidir.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Islohotlar natijasida aholi farovonligi oshmoqda
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, 2025-yilda davlatimiz rahbarining oqilona siyosati natijasida aholi farovonligini yaxshilash bo‘yicha katta o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Xususan, energetika sohasida tub burilish yasalgani hisobiga elektr ishlab chiqarish hajmi 85 milliard kilovatt-soatga yetkazildi.
Joriy yilda 5 million aholi daromadli bo‘lib, ishsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,9 foizga tushdi. Qariyb 1,5 million ehtiyojmand aholi kambag‘allikdan chiqib, ilk bor 1 ming 435 ta mahalla “kambag‘allikdan xoli” hududga aylangani qayd etildi.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube