🔻SEGUI LA PRESENTAZIONE DEI ONEPLUS 9 CON NOI🔻
#OP#OP9PRO#OP9R#LIVE
Siamo felici di annunciarvi che, come per OnePlus 8 ed 8T commenteremo Live presentazione di OnePlus 9 oggi dalle ore 14:30.
Quest'anno abbiamo deciso di utilizzare ben 2 piattaforme per lo streaming, infatti saremo Live sia su YouTube che su Twitch.
📝 Per ricordarvi dell'evento vi consigliamo attivare la campanella sulla vostra piattaforma preferita tramite i link sottostanti.
Vi aspettiamo numerosissimi!
🟣LIVE TWITCH (principale)
🔴LIVE YOUTUBE
📝 Dalle 14:45 gruppi verranno chiusi per spostare le discussioni in live
—
Il nostro canale 👉🏻@oneplusguide
I nostri gruppi 👉🏻@oneplusitcommunity
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Yig‘ilishda dastlab, Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tgan Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimi va unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ishtiroki haqida so‘z yuritildi.
— Tinchlik kengashining tashkil etilishi O‘zbekistonning tinchlikni mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashqi siyosiy ustuvor yo‘nalishlariga to‘liq uyg‘un keladi, — dedi partiya rahbari Abdushukur Xamzayev.
Shuningdek, Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar ham muhokama qilindi.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Masofaviy soliq tekshiruvi: soliq nazorati takomillashtirilmoqda
Fraksiyamizning bugungi yig‘ilishida soliq nazoratini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Loyiha soliq nazoratida, xususan, “masofaviy soliq tekshiruvi” tushunchasiga aniqlik kiritish, ushbu tekshiruv tartibini soddalashtirish, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hamda budjet daromadlari barqarorligini ta’minlashni nazarda tutadi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, faqat markirovkalash qoidalarini buzish holatlari bo‘yicha masofaviy soliq tekshiruvi soliq to‘lovchining huzuriga bormasdan, huquqbuzarlik yuzasidan ikki marotaba ogohlantirish berilgandan so‘ng o‘tkaziladi. Agar huquqbuzarlik soliq organlarining axborot tizimlari orqali aniqlanib, rasmiy ogohlantirishdan keyin ham davom etsa, masofaviy tekshiruv tashkil etilib, dalolatnoma asosida belgilangan miqdorlarda jarima qo‘llanadi.
Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi “Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–190-son qarorida belgilangan talablar va qoidalar ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasida shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normalar nazarda tutilmoqda. Xususan, O‘zbekiston hududida saqlanishi majburiy bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar ro‘yxati aniq belgilanishi, jumladan, biometrik, genetik hamda telekommunikatsiya operatorlari xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslar ma’lumotlari kiritilmoqda.
Shuningdek, boshqa turdagi shaxsga doir ma’lumotlarni chet elga uzatish, ularni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha aniq talablar belgilanmoqda. Bunda xorijiy davlatlarda mazkur ma’lumotlar xavfsizligini yetarli darajada ta’minlash, vakolatli organlar talablariga rioya etish hamda xalqaro standartlarni joriy etish shartlari nazarda tutiladi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasiga shaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligi ta’minlaydigan davlatlar ro‘yxatini tasdiqlash vakolatini berish rejalashtirilmoqda.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Ustuvor vazifalar belgilab olindi
Yig‘ilish yakunida Murojaatnomada ilgari surilgan ushbu muhim tashabbuslar O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining maqsadlariga hamohang bo‘lib, nafaqat poytaxtimiz, balki mamlakatimizdagi ekologik barqarorlikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. Ularning ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish va aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilishi ma’lum qilindi.
Murojaatnomada belgilangan strategik yo‘nalishlarga muvofiq 2026-yilda O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Murojaatnomada atrof-muhitni muhofaza qilish borasida aniq va qat’iy choralar belgilab berildi
Fraksiya a’zolari Murojaatnomaning beshinchi ustuvor yo‘nalish sifatida ekologik muvozanatni ta’minlash, “yashil” energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha belgilangan vazifalarga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Bu atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi aniq va qat’iy choralar ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, jamoat va elektr transportini rivojlantirish, ekologik stikerlar tizimini joriy etish, elektromobillardan foydalanishni rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar fraksiya tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi. Bu choralar shaharlarda sog‘lom va toza ekologik muhit yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Abdushukur Xamzayev: Ekologik muvozanatni ta’minlash, “yashil” energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanish Murojaatnomada beshinchi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. Bu davlat siyosatida ekologiya masalalariga bo‘lgan yondashuv mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilganini yana bir bor anglatdi.
Eng muhimi, davlatimiz rahbari bu yo‘nalishda har bir masala bo‘yicha amaliy mexanizm va moliyaviy ta’minotni ochiq belgilab berdi.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Erishilgan natijalar faqat statistik raqamlarda emas, balki odamlar hayotida ham aniq sezilmoqda, dedi yig‘ilishda so‘zga chiqqan fraksiya rahbari Abdushukur Xamzayev.
Joriy yilda 188 ta mahalladagi 715 ming aholi yashaydigan xonadonlarga birinchi marta toza ichimlik suvi kirib bordi. Yana 2 million 300 mingga yaqin aholining suv ta’minoti yaxshilandi. Bundan tashqari, 867 ta “og‘ir” mahalladagi 470 mingta xonadonga tomorqalarni sug‘orish uchun ilk bor suv yetib bordi. Bu davlat siyosatining bevosita mahallagacha tushib, odamlarning kundalik turmushini yaxshilayotganining yaqqol dalilidir.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Islohotlar natijasida aholi farovonligi oshmoqda
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, 2025-yilda davlatimiz rahbarining oqilona siyosati natijasida aholi farovonligini yaxshilash bo‘yicha katta o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Xususan, energetika sohasida tub burilish yasalgani hisobiga elektr ishlab chiqarish hajmi 85 milliard kilovatt-soatga yetkazildi.
Joriy yilda 5 million aholi daromadli bo‘lib, ishsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,9 foizga tushdi. Qariyb 1,5 million ehtiyojmand aholi kambag‘allikdan chiqib, ilk bor 1 ming 435 ta mahalla “kambag‘allikdan xoli” hududga aylangani qayd etildi.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan strategik yo‘nalishlarga muvofiq Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi oldida turgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Ekologik toza hududlarni saqlash bo‘yicha bir qator normalar belgilanmoqda
Fraksiya yig‘ilishida “Ekologik toza hududlarning huquqiy maqomini belgilash hamda bir martalik plastik mahsulotlarni olib kirish va sotishni tartibga solish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Ushbu qonun loyihasi bilan Ekologik toza hududlar tushunchasi kiritilib, ular jumlasiga ekologik tizimlarni saqlab qolish, tabiat obyektlari bilan bog‘liq moddiy madaniy meros obyektlarini asrash, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan tabiiy obyekt va majmualari degradatsiyaga uchramagan va ularning holatiga salbiy texnogen ta’sirning oldini olish imkoniyati bo‘lgan hududlar kirishi belgilanmoqda.
Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan hududlarga, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarga bir martalik plastik mahsulotlarni (tabiiy organik polimer mahsulotlar mustasno) olib kirish, sotish va ishlab chiqarishga taqiq kiritish hamda tuproqning unumdorligini oshirish maqsadida organik o‘g‘itlardan foydalanishni rag‘batlantirish ko‘zda tutilmoqda.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Dori vositalari savdosida javobgarlik kuchaymoqda
"Retsept bilan beriladigan dori vositalari noqonuniy aylanmashi uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ko'rib chiqilmoqda.
So‘nggi yillarda noqonuniy dorilar savdosi keskin oshgani qayd etilgan: 2022–2025-yillar davomida 18 milliard so‘mlik, 285 ming dona dori vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.
Qonun loyihasiga ko‘ra:
• retsept tartibini buzgan dorixonalarga katta miqdorda jarima joriy etiladi;
• kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni noqonuniy sotgan shaxslarga ma’muriy va jinoiy jazo choralari qo‘llanadi.
Xorijiy tajriba ham shuni ko‘rsatadiki, Rossiya, Belarus va Qozog‘iston kabi davlatlarda bu kabi holatlar uchun ozodlikdan mahrum qilish yoki litsenziyani bekor qilish jazosi belgilangan.
Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi aholining sog‘lig‘ini ishonchli himoya qilish, dori savdosida tartib va nazoratni kuchaytirish, noqonuniy dorilar oqibatidagi og‘ir holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube