🔻SEGUI LA PRESENTAZIONE DEI ONEPLUS 9 CON NOI🔻
#OP#OP9PRO#OP9R#LIVE
Siamo felici di annunciarvi che, come per OnePlus 8 ed 8T commenteremo Live presentazione di OnePlus 9 oggi dalle ore 14:30.
Quest'anno abbiamo deciso di utilizzare ben 2 piattaforme per lo streaming, infatti saremo Live sia su YouTube che su Twitch.
📝 Per ricordarvi dell'evento vi consigliamo attivare la campanella sulla vostra piattaforma preferita tramite i link sottostanti.
Vi aspettiamo numerosissimi!
🟣LIVE TWITCH (principale)
🔴LIVE YOUTUBE
📝 Dalle 14:45 gruppi verranno chiusi per spostare le discussioni in live
—
Il nostro canale 👉🏻@oneplusguide
I nostri gruppi 👉🏻@oneplusitcommunity
🔴#Live
#Ekoforum
Yoshlar ekologik bilim va zakovat sinovida
Yoshlarning ekologik bilimlarini oshirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Ekozakovat” intellektual o‘yini ham bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvda Andijon shahridagi 8 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari ishtirok etib, bilim va zakovatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Savollar ekologiya, tabiatni muhofaza qilish, yashil energiya manbalari hamda chiqindilarni qayta ishlash kabi dolzarb mavzularni qamrab oldi.
“Ekozakovat” yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, ularning ekologik dunyoqarashini kengaytirish hamda ilm-fan orqali tabiatni asrash g‘oyasini mustahkamlashga xizmat qildi.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Ekoforum
“Ekologik toza salatlar chempionati” – sog‘lom turmush va tabiiy mahsulotlarga da’vat
O‘zbekiston Ekologik partiyasi faoliyatida atrof-muhit musaffoligini ta’minlash bilan bir qatorda, aholi o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish va organik mahsulotlardan foydalanish madaniyatini oshirishga ham alohida e’tibor qaratiladi.
Andijon viloyatida o‘tkazilayotgan “Yashil kelajak sari” yoshlar ekoforumi doirasida shu yo‘nalishga ham e’tibor qaratilib, “Ekologik toza salatlar chempionati” tashkil etildi. Mazkur qiziqarli va foydali bellashuvda Andijon davlat chet tillari institutining “Mohir pazanda” to‘garagi a’zolari tabiiy, organik mahsulotlardan tayyorlangan salatlar bilan ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar nafaqat mazali va benazir salatlar tayyorlash mahoratini namoyish etdilar, balki ekologik toza mahsulotlarning inson salomatligi uchun foydasi haqidagi bilimlarini ham boyitdilar.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Ekoforum
“Ko‘ngil ekologiyasi” yosh musavvirlar ijodida tabiatga muhabbat ifodasi
“Yashil kelajak sari” shiori ostidagi yoshlar ekoforumi doirasida tabiat go‘zalligi va ekologiya mavzusini aks ettirishga qaratilgan “Ko‘ngil ekologiyasi” nomli rasmlar tanlovi ham bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda yosh musavvirlar tabiat manzaralarini o‘ziga xos tasavvur va badiiy mahorati bilan ifoda etib, o‘ziga xos ijod namunalarini namoyish etdilar. Ranglar uyg‘unligi, chuqur mazmun va musavvirlarning shaxsiy hissiyotlari bilan sug‘orilgan asarlar forum ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Ekoforum
“Ekologik 5 tashabbus” yoshlar forumi doirasidagi daraxt ekish aksiyasidan lavha.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Ekoforum
Yoshlar ekoforumi doirasida "Yashil makon"ga hissa qo'shildi
"Yashil kelajak sari" yoshlar ekoforumi doirasidagi dastlabki tadbir Andijon davlat chet tillari instituti hududida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirokchilar Vatan tabiatiga muhabbat va mas’uliyat ramzi sifatida ko‘chat ekish ishlarida faol qatnashdilar.
Har bir ko‘chatni ekish jarayonida uni to‘g‘ri parvarishlash, uning ekologik ahamiyati hamda tabiat muvozanatini saqlashdagi o‘rni haqida tushunchalar berildi. Yoshlarga mamlakatimiz bo‘ylab izchil amalga oshirilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasining mazmun-mohiyati va uning atrof-muhitni asrashdagi foydalari atroflicha tushuntirildi.
Bu ezgu tashabbus yoshlarda tabiatga e’tibor, ekologik madaniyat va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Forum ishtirokchilari bu kabi amaliy ishlar orqali "yashil kelajak" barpo etishga o‘z hissalarini qo‘shayotganlaridan faxrlanishlarini bildirdilar.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Ekoforum
Ayni vaqtda Andijon davlat chet tillari institutida Oʻzbekiston ekologik partiyasi Andijon viloyati kengashi hamda Andijon davlat chet tillari instituti hamkorligida "Yashil kelajak sari" shiori ostida Yoshlar forumi bo'lib o'tmoqda.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Ekoforum
Andijonda “Yashil kelajak sari” shiori ostida ekoforum boshlandi
Andijon viloyatida “Yashil kelajak sari” shiori ostidagi yoshlar ekoforumi o‘z ishini boshladi. Tabiatga ehtirom, ekologik madaniyat va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan mazkur forum tantanali ruhda start oldi.
Marosimda partiya Markaziy Kengashi vakillari so‘zga chiqib, bu kabi tadbirlar har bir insonning, ayniqsa yosh avlodning ekologik bilimi va madaniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
Shuningdek, “yashil kelajak” g‘oyasi atrofida yoshlarni birlashtirish, ularni tabiatni asrash va barqaror rivojlanish yo‘lida faol bo‘lishga chorlash bugungi kunning dolzarb vazifasi ekani qayd etildi.
Forum doirasida turli bellashuv va musobaqalar, qiziqarli mashg‘ulotlar hamda amaliy ekoloyihalar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Tadbir ishtirokchilari uchun bilim va tajriba almashish, yangi g‘oyalar ustida fikr yuritish, tabiatni asrash yo‘lida amaliy qadamlar tashlash imkoniyati yaratiladi.
Tantanali ochilish marosimida barcha qatnashchilarga omad va ilhom tilab, “Yashil kelajak sari” qadam qo‘ygan yoshlar uchun forumning ezgu maqsadlarga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Sayyor_yigilishi
Bugungi yig‘ilishimiz Davlatimiz rahbarining Murojaatnomasidan kelib chiqib Ekologik partiya va fraksiya oldida turgan vazifalarni aniq belgilab olishimiz, kelgusi davr uchun o‘zimizga siyosiy va amaliy majburiyatlar olishimiz zarur deb hisoblaymiz.
Xulosa qilib aytganda, bugun ekologiya masalasi bu tabiatni asrash masalasi inson qadrini ulug‘lash masalasi, sog‘lom jamiyat va barqaror davlat qurish masalasi. Bu kelajak avlod oldidagi vijdon masalasi.
Davlatimiz rahbari Murojaatnomada ta’kidlaganidek, agar biz barchamiz birlashib, yagona xalq va yagona millat sifatida olg‘a intilsak, har qanday yuksak marrani zabt etishga qodirmiz. Ana shunday birdamlik bor ekan, hech qanday kuch bizni o‘z tanlagan yo‘limizdan qaytarolmaydi.
— deya taʼkidladi partiya rahbari o‘z chiqishida.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Sayyor_yigilishi
Tadbirning rasmiy qismda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayev so'zga chiqib, Prezident Murojaatnomasida belgilangan yangi yo‘nalishlar partiya faoliyati uchun dasturilamal bo‘lishini ta’kidladi.
Shuningdek, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish borasida partiya va fraksiya oldida turgan vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
#live#kurgazma
Buxoroda bo‘lib o‘tayotgan festival doirasidagi ko‘rgazmadan fotoreportaj
——
Фоторепортаж с выставки в рамках фестиваля, проходящего в Бухаре
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔴#Live
#Deputat_hududda
Mahalladagi ijtimoiy va ekologik holat o'rganildi
O‘zbekiston Ekologik Partiyasi Markaziy Kengashi raisi, partiya fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayev Sirdaryo tumanidagi “Islomobod” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashdi. Ochiq muloqotda hududdagi dolzarb ekologik muammolar muhokama qilindi.
Suhbat davomida suv tanqisligi va yer sho‘rlanishi asosiy masala sifatida ko‘tarildi. Sholi ekish oqibatida sho‘rlanish kuchayayotgani qayd etildi. Muammoni bartaraf etish maqsadida suv o'lchagichlar o‘rnatish va yer holatini doimiy monitoring qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi hamda mutasaddilar bilan bog‘lanildi.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube