🔻SEGUI LA PRESENTAZIONE DEI ONEPLUS 9 CON NOI🔻
#OP#OP9PRO#OP9R#LIVE
Siamo felici di annunciarvi che, come per OnePlus 8 ed 8T commenteremo Live presentazione di OnePlus 9 oggi dalle ore 14:30.
Quest'anno abbiamo deciso di utilizzare ben 2 piattaforme per lo streaming, infatti saremo Live sia su YouTube che su Twitch.
📝 Per ricordarvi dell'evento vi consigliamo attivare la campanella sulla vostra piattaforma preferita tramite i link sottostanti.
Vi aspettiamo numerosissimi!
🟣LIVE TWITCH (principale)
🔴LIVE YOUTUBE
📝 Dalle 14:45 gruppi verranno chiusi per spostare le discussioni in live
—
Il nostro canale 👉🏻@oneplusguide
I nostri gruppi 👉🏻@oneplusitcommunity
🔴#Live
#Deputat_hududda
Fraksiya rahbari sirdaryolik yoshlar bilan uchrashdi
Sirdaryo pedagogika texnikumida O‘zbekiston Ekologik Partiyasi fraksiya rahbari Abdushukur Xamzayev ishtirokida yoshlar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazildi. Unda Oliy Majlis Qononchilik palatasi deputati Dildora Kamalova, tuman hokimi, partiya va davlat tashkilotlari vakillari, pedagoglar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda hayot tanlovi, vaqtning qadr-qimmati va ekologik mas’uliyat masalalari muhokama qilindi. Har bir daqiqaning bebaho ekani, vaqtni samarasiz sarflash kelajak imkoniyatlarini boy berish ekani qayd etildi. Shuningdek, Orol dengizi fojiasi misolida tabiatni asrash, chiqindilarni madaniyatli tarzda tashlash va tabiiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish zarurligi alohida urg‘ulandi.
Tadbirda so‘z olgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dildora Kamolova yoshlarni aniq maqsad sari intilishga chorladi. U ta’lim va ilm-fan yo‘lini tanlash, yurt ravnaqi uchun zarur bo‘lgan malakali mutaxassis bo‘lish muhimligini ta’kidladi.
Uchrashuv yoshlar uchun motivatsion ruhda o‘tib, ularni bilimli, mas’uliyatli va ekologik ongli shaxs bo‘lishga undadi.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Deputat_hududda
Doimiy va jiddiy nazorat muhim
Go‘sht narxining tez-tez oshishi aholi o‘rtasida doim savol va shubhalarni keltirib chiqaradi. Ayrim joylarda arzon narxda taklif etilayotgan go‘sht mahsulotlari esa uning sifati va xavfsizligi borasida gumon uyg‘otadi.
Sirdaryo viloyatida o‘rganish ishlarini olib borayotgan Abdushukur Xamzayev chorvachilikka ixtisoslashgan "Sulton" fermer-xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdi. Xo‘jalikda chorva mollarini o‘z vaqtida emlash, kasalliklarning oldini olish hamda aholiga xavfsiz va sifatli go‘sht yetkazib berish choralari tizimli yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.
A.Xamzayev go‘sht orqali insonga yuqishi mumkin bo‘lgan zoonoz kasalliklar haqida to‘xtalib, bu borada doimiy va jiddiy nazorat muhim ekanini qayd etdi.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Deputat_hududda
Ekologik talablar mehnat muhofazasida muhim o‘rin tutadi
Qonunchilik palatasi Reglamentiga muvofiq partiyamiz deputatlari hududlarda o‘rganish ishlarini boshladi. Partiya fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayev boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatida islohotlar ijrosi va qonunlar bajarilishini o‘rganmoqda.
Ishchi guruh Sirdaryo tumanidagi “Diamond World Textile” korxonasida bo‘lib, ekologik talablar hamda mehnat muhofazasi holati bilan tanishdi. 6 gektar maydonda faoliyat yuritayotgan korxona 350 nafar aholini ish bilan ta’minlagan. Bu yerda 350 metrlik zamonaviy chang filtrlari o‘rnatilgan bo‘lib, ular yiliga 800 tonnagacha changni ushlab qolish quvvatiga ega.
Abdushukur Xamzayev ekologik talablarga qat’iy rioya etish aholi va ishchi-xodimlar salomatligi uchun muhim ekanini ta’kidladi.
O‘rganishlar davom etmoqda.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube