@newuzbekistanuniversity · Post #4071 · 22/11/2025 19:12
Boshqaruv maktabida yangi bosqich: talaba markazidagi o‘sish va innovatsiyalar 🎓 “Yangi O‘zbekiston” universiteti Boshqaruv maktabida dekan Prof. Dr. Odiljon Abdurazzakov ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 📘 Ta’lim jarayonidagi yangiliklar Maktab o‘quv jarayonini case-based yondashuv asosida modernizatsiya qilmoqda. Bu — Boshqaruv ta’limining xalqaro standartlariga to‘liq mos keladigan metod bo‘lib, talabalarni real biznes muammolari va yechimlari bilan ishlashga tayyorlaydi. 🚀Kengayib borayotgan ekotizim Boshqaruv maktabida talabalar uchun yangi amaliy maydonlar yaratilyapti: • Bloomberg Labtashkil etilishi • Consulting Center faoliyatini yo‘lga qo‘yish • Talabalarning tajriba orttirishini qo‘llab-quvvatlovchiqo‘shimcha platformalar 🏆Global arenaga chiqish uchun imkoniyatlar Uchrashuv davomida quyidagi tashabbuslar ham taqdim etildi: • “Yangi O‘zbekiston” universitetida Harvard Business Case Competitionni mezbonlik qilish rejasi • Talabalarni CFA Research Challenge, Bloomberg Trading Challenge va boshqa yirik xalqaro tanlovlarga tayyorlash 📌 Boshqaruv maktabi ushbu tashabbuslar orqali talabalarni global raqobatga tayyorlaydigan, kuchli amaliy ko‘nikmalarga ega zamonaviy yetakchilarni tayyorlashni davom ettirmoqda. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #ManagementSchool#LeadershipDevelopment#CaseBasedLearning#BloombergLab ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook