TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Midjourney/Nano Banana Prompts NeuroSpark

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Trouver du contenu similaire

Chaîne source @Shutter · Post #4607 · 22 mai

Harbor, cargo port, ships #AI#artificial_Intelligence

Résultats

7 posts similaires trouvés

Recherche : #smartfon

当前筛选 #smartfon清除筛选
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #14069 · 29/05/2025 09:39

🍏 iPhone 16 dunyodagi eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi 📊 Counterpoint Research tahliliy agentligi 2025-yilning birinchi choragida dunyoda eng ko‘p sotilgan smartfonlar ro‘yxatini e’lon qildi. ℹ️ Birinchi o‘rinni iPhone 16 egallagan, undan keyingi o‘rinlarda esa Pro Max va Pro modellar joylashgan. 📱 Ro‘yxatdagi yagona Android flagman — Galaxy S25 Ultra bo‘ldi. 🤷‍♂️ Qolgan barcha Android-smartfonlar asosan $100 atrofidagi byudjet modellari bo‘lib, ular umumiy bozorning 20% qismini egallagan. ➡️#smartfon | Birinchi raqamli IT-Blog

Hashtags

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #13648 · 01/02/2025 05:47

📱 Minimal Phone antiqa gadjeti sotuvga chiqdi ⬛️ E Ink displey + QWERTY klaviatura – zamonaviy texnologiya va retro dizayn birlashmasi. U Android 14 asosida ishlaydi, Google Play xizmatlari mavjud, lekin E Ink ekrani sababli o‘yin va video tomosha qilish uchun mos emas (oq-qora). 🔋 3000 mA·soat batareya – bir necha kun avtonom ishlash imkoniyati. 15W simsiz zaryadlash qo‘llab-quvvatlanadi. 📶 Wi-Fi 5, Bluetooth 5.2, NFC va 4G LTE bor, ammo 5G yo‘q. 💰 Narxi – $399, uch xil rangda mavjud: Pebble, Onyx va Fusion. ➡️#smartfon | Birinchi raqamli IT-Blog

Hashtags

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #13370 · 13/11/2024 06:31

🔬 iMicro Q3p: Har qanday smartfonni 1200x kattalashtiruvchi mikroskopga aylantadi ℹ️ iMicro Q3p — bu kichik mikroskop bo‘lib, smartfoningiz kamerasiga nano-prisoskalar yordamida o‘rnatiladi va 1200 martagacha kattalashtirish imkonini beradi. 💸 Uning narxi atigi $35. Ushbu qurilma Kickstarter platformasida katta muvaffaqiyatga erishdi va hozirda u yerda oldindan buyurtma berish mumkin. ➡️#smartfon | Birinchi raqamli IT-Blog

Hashtags

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #12974 · 22/07/2024 13:31

🛒 Mavzuni davom ettirgan holda: Aliexpress'dan ko'proq qaysi smartfonlar buyurtma qilinayotgani e'lon qilindi 1. POCO X6 Pro 5G (Global) 2. Redmi Note 13 Pro Plus 5G 3. POCO M6 Pro (Global) 4. POCO X6 5G (Global) 5. Redmi Note 13 6. POCO F6 (Global) 7. POCO M5s 8. Redmi Note 12S 9. Realme 12 Pro Plus 10. OnePlus 12 (Global) ➡️#smartfon | Birinchi raqamli IT-Blog

Hashtags

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #13774 · 09/03/2025 08:02

📲Koreyada o‘z egasining kloniga ega bo‘lgan smartfon yaratildi ℹ️ oNewnal AI foydalanuvchining ovozini, tashqi ko‘rinishini va qidiruv tarixini asos qilib olib, uning raqamli nusxasini yaratadi va uni smartfonning yuqori ekraniga joylashtiradi. 👨‍🦱 Ushbu "sun’iy klon" foydalanuvchiga shu oynachadan turib yordam berishi mumkin. ➡️#smartfon#ai | Birinchi raqamli IT-Blog

Hashtags

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #14496 · 09/11/2025 03:50

💸 Sber egiluvchan displeyga ega mobil qurilma uchun patent oldi — u o‘raladigan va cho‘ziladigan bo‘ladi ℹ️ Patentda aytilishicha, kompaniyaning egiluvchan qurilmalari silindrsimon korpus asosida, ichida elastik displey joylashgan holda yaratiladi. Shunga ko‘ra, foydalanuvchi o‘z ehtiyojlariga qarab ekranini vertikal yoki gorizontal yo‘nalishda o‘rash, yozish va cho‘zish imkoniga ega bo‘ladi. ➡️#sber#smartfon | Birinchi IT-Blog

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #14164 · 24/07/2025 08:25

📱Quloqchinlar ishlab chiqaruvchi iKKO o‘zining ilk smartfonini — Mind One’ni taqdim etdi ℹ️ Yangi qurilma deyarli kvadrat shakldagi ixcham korpusga ega. Ekranida selfi uchun old kamera yo‘q — buning o‘rniga asosiy kamera orqaga bukiladigan tarzda joylashtirilgan va uni selfi yoki videoqo‘ng‘iroq uchun aylantirib ochish kerak bo‘ladi. ⌨️ Shuningdek, kompaniya maxsus QWERTY klaviaturali g‘ilofni ham chiqardi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Hi-Fi DAC Cirrus Logic CS43198, 3,5mm audio port va 500 mA·soatli qo‘shimcha akkumulyator. 📡 Smartfonda NovaLink texnologiyasi qo‘llab-quvvatlanadi — bu mavjud mamlakatlarda bepul internetga doimiy ulanishni ta’minlaydi. 🗣Mind One bir qator o‘ziga xos AI funksiyalarni ham taklif qiladi: matnni ovozli o‘qib berish, audiolarni tarjima qilish va konspektlash, aqlli qidiruvli eslatmalar va boshqalar. 🤖 Smartfon Android 15 bilan ishlaydi, Google xizmatlari mavjud. Kompaniya 3 yil Android yangilanishlari va 5 yil xavfsizlik patchlarini va’da qilgan. ⚙️ To‘liq texnik xususiyatlari: - Ekran: 4,02 dyuym, 1240×1080 AMOLED, 60 Hz - Chipset: MediaTek MT8781 - Xotira: 8/256 GB - Kamera: 50 MP orqaga bukiladigan - Aloqa: nano-SIM, v-SIM, NovaLink, NFC, Wi-Fi 5, Bluetooth 5.2 - Namlikdan himoya: IP54 - Batareya: 2200 mA·soat + 500 mA·soat g‘ilofda 💸 Narxi: $429 👀 Olarmidingiz? ➡️#ikko#smartfon | Birinchi raqamli IT-Blog