@kunuzai · Post #160 · 17/02/2025 08:17
🇨🇳 Tencent va Baidu DeepSeek’ni o‘z xizmatlariga integratsiya qilmoqda! 🤖 Xitoyning texnologiya gigantlari – Tencent va Baidu DeepSeek sun’iy intellekt modelini o‘z xizmatlariga joriy qilishni boshladi. 📌Nimalar o‘zgaradi? 🔹Tencent DeepSeek’ni Xitoyning eng yirik messenjeri Weixin (1,38 mlrd foydalanuvchi) ichida beta-testdan o‘tkazmoqda. 🔹Baidu esa o‘z mahsulotlari orqali AI imkoniyatlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda. 🔹Tencent o‘zining Hunyuan modeliga ega bo‘lsa-da, DeepSeek’ni integratsiya qilishga qaror qildi. 💡Shuningdek, Tencent DeepSeek’ni boshqa mahsulotlariga ham joriy qilishi mumkin, jumladan: ✅ Tencent Cloud AI Code Assistant – dasturchilar uchun AI yordamchisi. ✅ Tencent Yuanbao – sun’iy intellektga asoslangan assistent. 📈Xitoy texnologik gigantlari AI bozorida raqobatni yana-da kuchaytirmoqda! #AI#Tencent#Baidu#DeepSeek#Weixin#Texnologiya