TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Contenu
Contenu du post
hech kimga qo‘ng‘iroq qilmayman yozmayman maktub axir aldolmaydi do‘stlarim – aytolmaydi «sog‘indim seni ko‘rishaylik erta yo indin» rostliklarni yaxshi ko‘raman sukutlarni anglayman so‘zsiz va yana javonga berkingancha jim sanayman ichimdagi chig‘anoqlarni qay zamonlar daryo dilimdan qurib suvlar, qaqshab bitganda faqat qoldi chig‘anoq – sodiq (baliqlar ham o‘lgandi bunda taralmasin isi deb badbo‘y uzoq yillar ochmadim og‘iz) yig‘lashimga yo‘l bermaydi bo‘g‘zimga tiqiladi u – qon rangidagi dur yutinaman yutinaman qo‘shib yolg‘onlarimni sezmasin deb inson ko‘zlari (chig‘anoqlar axir bilar barchasin) pochta qutisidan ko‘z uzmagan polkovnik kabi men ham kutdim sahroyimga dengiz kelishin