TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Retour aux chaînes
Mendan ichkari avatar

TGINSIGHT CHAT

Mendan ichkari

@intome_e

Linguistics

Bir "men" bordir mendan ichkari

Abonnés35Abonnés actuels de la chaîne
Posts indexés260Nombre de posts indexés
Portée récente2,628Somme des vues récentes
Posts récents

Posts récents

Page 1 sur 22 · 260 posts

Publié 5 août

Yelkam yara bo'lgan. Barmoqlarim ham. Davosi o'lim. Sochlarimga osilgan Gunoh la'natin Yashirish uchun Ko'zimni yumaman.

155 views

Publié 8 juil.

Bir narsa o‘qidim, unda: Zino – qaytarilishi turgan bir qarzdir deyilgan. Islomiy bilimga to‘kis ega emasman, ammo qattiq ta’sirlandim. Va... Men ham qo‘shimcha qilmoqchiman. Manfaatli bo‘lar balki. Hullas, inson misol, o‘ylashi mumkin: Bu amal o‘tmishda qoldi, bir - ikki marta bo‘ldi xolos, uni qayta ko‘rmadim, yoki bu shunchaki telegram-ku, ijtimoiy tarmoq-ku, buni baribir hech kim bilmaydi va x.k. Ammo hayot bunga aksi bilan javob beradi azizim. Bugun qilgan ishing, ertaga o‘z oilangga taalluqli bo‘lib qolsa qanday ko‘tarasan buni? Bir kuni sen, kimningdir seni o‘tmishda qilgan ishingdek qilganini – singling, qizing, xotining yoki onangga nisbatan qilganini ko‘rib qolsang misol, qanday yashaysan ayt-chi? Bu dunyo adolatli tarzda qurilgan ishon bu mening gapim emas, agar, yaxshilab o‘qi agar, sen boshqalarning nomusini hurmat qilmasang, o‘z yaqinlaringning nomusi ham hurmatsiz qolishi aniqligiga tayyor tur. Har bir inson o‘z hayotida qanday iz qoldirishini o‘zi tanlaydi. Ammo ruxsat etilmagan chegarani bosib o‘tishdan avval, o‘ylab ko‘r: Shu qarz uchun bir kun kelib javob berishga tayyormisan? ©

226 views

Publié 5 juil.

Ayol ko‘zlari juda go‘zal bo‘ladi, ayniqsa, ko‘zyosh to‘kkanda.

189 views

Publié 29 juin

Men uchun juda qadrli bo'lgan 24 yoshim bilan xayrlashyapman. O'tgan bir yilda oldimga qo'ygan bir qancha maqsadlarni bajardim. Sog'ligimga e'tiborli bo'ldim. Unga zarar beradigan jamiki narsalardan, hatto insonlardan uzoqlashdim. Ishonch borasida e'tiborli bo'lishga harakat qildim. Bugun kimni yaqinim desam, ishoning men uchun juda qadrlisiz. Har xil sinovlar bo'ldi. Yig'ladim, kuldim. Eng muhimi juda yaxshi xulosalar oldim. Goh baxtga g'arq bo'ldim, goh g'amga. Bu yil ilk marta sayohatga chiqdim. Dunyodagi jamiki narsalardan hayratlanadigan, kechqurun yulduz sanash uchun yozni, xazonlarni supurish uchun kuzni, qor yeyish qishni, yangi chiqqan ko'katdan to'yib somsa qilish uchun bahorni intiqib kutadigan, yomg'ir yog'gandan keyin hidini 2 soatlab hidlaydigan, o'zini dunyochasida yashaydigan o'sha ichimdagi qizchani o'ldirmaslikka harakat qildim. Hozir u hammadan yashirinib, dunyoga yuz burib qalbimnimg bir burchagida yashirinib yashamoqda. Nima bo'lsa ham uni yo'qotib qo'yma! Yaxshi kunlar va yaxshi odamlar, muhimi Xudo men bilan! Va hozir shularni yoza turib ich-ichimdan juda katta minnatdorlikni his qilyapman. Hayotimga doimo yangilik kiritishga va o'zimni xursand qiladigan ishlar qilishga harakat qilaman🫶

221 views

Publié 25 juin

...orzu qilganlarining hamma-hammasi ham ro‘yobga chiqavermaganligi uchun ham, ehtimol, azizdir bu hayot.

166 views

Publié 20 juin

Jag'im baquvvat emasligini speaking natijamdan bilsa ham bo'ladi. Qancha harakat qilsam ham speaking doim eng pasi chiqadi, duo ketgan.

187 views

Publié 5 juin

Dada! Biz jahon chempionatiga chiqdik!

214 views

Publié 1 juin

Inson faqat non bilan yashamaydi T.Po'latov

229 views

Publié 31 mai

Shoirlar aldaydi bizni azizim, Bahor doim emas uch oydir, xolos. A.Oripov

285 views

Publié 28 mai

Sirlaringni birovga aytmasang, ularni qizig'i bo'larmidi)

254 views

Publié 28 mai

Sirlaringni birovga aytmasang, ularni qizig'i bo'larmidi)

238 views

Publié 12 mai

одамлар ўқимас катта матнни одамлар зериккан бир хил кунлардан одамлар умидсиз ва ҳафсаласиз куларлар йиғларлар совуқ тунларда одамлар тупурган сиёсатга ҳам метро тўла ҳафсаласизлик қурсоққа бир парча нон тушса тамом бошдан охиргача қиёфасизлик одамлар истарлар кинолар фақат: ҳаракат ва охир бахт билан якун одамлар ўзидаги чорасизлик гўдаклари кўзида унмасин учун болаларин қўйдай боқарлар одамлар чалғувчан, одамлар ғалча ўзларин оқизиб вақт измига жим ўзлари бечора, ўзлари фақир атроф тўла олғир, атроф тўла ғар кечалар одамлар ўз катагида шифтга термулганча эслар худони тонглари бир ташвиш ортиб елкага ташвишсиз, риёсиз сўяр худони. Алфайз

264 views
123•••10•••202122
PrécédentPage 1 sur 22Suivant