Contenu du post
Sen bilan bo'lgan bugungi suhbatimizdan bildimki, sen ulg'ayibsan. Yo'q, sen onangni qornidayoq ulg'ayganding asli. Lekin bugun ovozingda erkaklik salobatini his qildim. Abdulloh! Seni bizga hadya etilganingga 7 yil bo'libdi. Odam ishongisi kelmaydi bu raqamlarga. Bugun bildimki, 7 yil ham inson umrida katta o'zgarishlar yasarkan. Sen tug'ilganingda men yosh edim. Senga qo'shib men ham ulg'aydim. Onamning tug'ilganing haqidagi xabarni eshitib, bir nuqtaga tikilib qolgani haligacha esimda. Bilmadim, o'shanda nimalarni his etgan ekan. Sen uning umri mobaynida erisholmagan orzusisan. Ha, u sendek o'g'li bo'lishini tug'ilguningcha orzu qilgan, u sengacha aynan o'g'li yo'qligi uchun yillardir tanalarga chidagan. Sening tug'ilishing u uchun shu qadar ajoyib ediki, u endi hech qachon o'g'li yo'qligi uchun o'ksinmasdi. Baxtimizga sen shu qadar ajoyib bola bo'lyapsanki, ba'zan hayratda qolaman. Kichkinaligingdayoq insonlar nima his qilishini anglashni boshlagansan. Va istardimki, yillar o'tsa mana shu hislating yo'qolmasin. Har doim bor bo'l! Nafaqat otang-onang, balki biz uchun ham qadrlisan. Sen bizni hayotimizga qanchalik quvonch olib kirganingni bilmaysan. Sen bilan yillarimiz mazmunli, quvonchli. Ulg'ayishing mobaymidagi har bir harakating, so'zlaring bizga baxt beradi asli. Va Xudo senga uzoq umr va sog'lik bersin. Ishon, sen har qanday holatimda ham quvonch bera oladigan eng qadrli insonlarimdan biri bo'lib qolasan! Muhabbat bilan Xolang❤️