Contenu du post
Men uchun juda qadrli bo'lgan 24 yoshim bilan xayrlashyapman. O'tgan bir yilda oldimga qo'ygan bir qancha maqsadlarni bajardim. Sog'ligimga e'tiborli bo'ldim. Unga zarar beradigan jamiki narsalardan, hatto insonlardan uzoqlashdim. Ishonch borasida e'tiborli bo'lishga harakat qildim. Bugun kimni yaqinim desam, ishoning men uchun juda qadrlisiz. Har xil sinovlar bo'ldi. Yig'ladim, kuldim. Eng muhimi juda yaxshi xulosalar oldim. Goh baxtga g'arq bo'ldim, goh g'amga. Bu yil ilk marta sayohatga chiqdim. Dunyodagi jamiki narsalardan hayratlanadigan, kechqurun yulduz sanash uchun yozni, xazonlarni supurish uchun kuzni, qor yeyish qishni, yangi chiqqan ko'katdan to'yib somsa qilish uchun bahorni intiqib kutadigan, yomg'ir yog'gandan keyin hidini 2 soatlab hidlaydigan, o'zini dunyochasida yashaydigan o'sha ichimdagi qizchani o'ldirmaslikka harakat qildim. Hozir u hammadan yashirinib, dunyoga yuz burib qalbimnimg bir burchagida yashirinib yashamoqda. Nima bo'lsa ham uni yo'qotib qo'yma! Yaxshi kunlar va yaxshi odamlar, muhimi Xudo men bilan! Va hozir shularni yoza turib ich-ichimdan juda katta minnatdorlikni his qilyapman. Hayotimga doimo yangilik kiritishga va o'zimni xursand qiladigan ishlar qilishga harakat qilaman🫶