TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Mendan ichkari
Mendan ichkari avatar

TGINSIGHT POST

Post #322

@intome_e

Mendan ichkari

Vues226Nombre de vues
Publié8 juil.08/07/2025 15:37
Contenu

Contenu du post

Bir narsa o‘qidim, unda: Zino – qaytarilishi turgan bir qarzdir deyilgan. Islomiy bilimga to‘kis ega emasman, ammo qattiq ta’sirlandim. Va... Men ham qo‘shimcha qilmoqchiman. Manfaatli bo‘lar balki. Hullas, inson misol, o‘ylashi mumkin: Bu amal o‘tmishda qoldi, bir - ikki marta bo‘ldi xolos, uni qayta ko‘rmadim, yoki bu shunchaki telegram-ku, ijtimoiy tarmoq-ku, buni baribir hech kim bilmaydi va x.k. Ammo hayot bunga aksi bilan javob beradi azizim. Bugun qilgan ishing, ertaga o‘z oilangga taalluqli bo‘lib qolsa qanday ko‘tarasan buni? Bir kuni sen, kimningdir seni o‘tmishda qilgan ishingdek qilganini – singling, qizing, xotining yoki onangga nisbatan qilganini ko‘rib qolsang misol, qanday yashaysan ayt-chi? Bu dunyo adolatli tarzda qurilgan ishon bu mening gapim emas, agar, yaxshilab o‘qi agar, sen boshqalarning nomusini hurmat qilmasang, o‘z yaqinlaringning nomusi ham hurmatsiz qolishi aniqligiga tayyor tur. Har bir inson o‘z hayotida qanday iz qoldirishini o‘zi tanlaydi. Ammo ruxsat etilmagan chegarani bosib o‘tishdan avval, o‘ylab ko‘r: Shu qarz uchun bir kun kelib javob berishga tayyormisan? ©