TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← ANTIFAKE | Faktlar tekshiruvi
ANTIFAKE | Faktlar tekshiruvi avatar

TGINSIGHT POST

Post #10

@antifakehub

ANTIFAKE | Faktlar tekshiruvi

Vizit544Kantite vizit
PibliyeDec 2412/24/2025, 12:44 PM
Kontni

Kontni pòs la

“Oʻzbekiston Respublikasiga oʻrnatilgan foto video qayd etish tizimidagi zaiflik” toʻgʻrisidagi maqolaga Ichki ishlar vazirligi raddiya bildirdi TechCrunch xalaro texnologik nashrida go‘yoki “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga oʻrnatilgan foto-video qayd etish tizimi orqali aniqlangan transport vositalari va ularning davlat raqam belgilari, hodisa joyi koordinatsiyalari, uning qoidabuzarligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni internet tarmogʻi orqali olish imkoniyati borligi, bu esa oʻz navbatida respublika boʻylab harakat qilayotgan transport vositalarini kuzatish imkonini berishi” haqida maqola e’lon qilindi. Ichki ishlar vazirligi ushbu maqolaga raddiya bildirib, mazkur axborot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi. “Hududlarda oʻrnatilgan foto va video qayd etish texnik vositalari tadbirkorlik va boshqa subyektlar tomonidan qayd etiladi va aniqlangan hodisalar Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Maʼmuriy amaliyot” moduliga yuboriladi. Mazkur axborot tizimlari 3 bosqichli kiberxavfsizlik ekspertizalaridan oʻtkazilib, xavfsizlik tartibi taʼminlanishi kafolatlangan. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi orqali aniqlangan qoidabuzarliklarni huquqbuzar “Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror”dagi QR-kod orqali qoidabuzarlikning video lavhalari va foto suratlarini “cloud.yhxx.uz” web-sahifasi orqali koʻrish imkoniyati yaratilgan. Maʼlumot uchun, cloud.yhxx.uz veb-sahifasi fuqarolarga oʻz jarimalarini elektron koʻrinishda koʻrish imkonini berish uchun ishlab chiqilgan. Ushbu sahifaga kirish maxsus, unikal tarzda generatsiya qilingan havola orqali amalga oshiriladi. Fuqaro ushbu havolaga QR-kodni skanerlash orqali yoki maxsus mobil ilovalar (road24, saferoad) orqali kirib, faqat oʻziga tegishli boʻlgan jarima haqidagi maʼlumotlarni koʻrishi mumkin. Bunda, huquqbuzar tizimga internet tarmogʻi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri, login va parolsiz, faqat berilgan havola orqali kiradi. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, qoidabuzarliklarning video lavhasida hech qanday shaxsga doir maʼlumotlar mavjud emas”, deyiladi IIV xabarida. @antifakehub