TGINSIGHT CHAT
ANTIFAKE | Faktlar tekshiruvi
@antifakehub
News and mediaO‘zbekiston media maydonida tarqalayotgan soxta xabarlar, yolg‘on ma’lumotlar va dezinformatsiyalarni yoritib boruvchi mustaqil manba
Dènye pòs
Paj 1 sou 2 · 14 pòs
Pibliye Mar 9
❗️Kislotali yomg‘ir haqidagi xabar — feyk! Ijtimoiy tarmoqlarda Eron hududida go‘yoki “kislotali bulutlar” shakllanib, ular yog‘inlar bilan Markaziy Osiyo davlatlari hududiga yetib kelishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Mazkur ma’lumotlar ilmiy jihatdan asoslanmagan. Kislotali yog‘inlar atmosferada oltingugurt oksidlari (SO₂) va azot oksidlari (NO₂) uzoq vaqt davomida to‘planib, bulutlarda suv bug‘i bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday jarayonlar asosan yirik sanoat hududlari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqindi manbalari yaqinidakuzatiladi. Havo massalari uzoq masofalarga ko‘chishi jarayonida ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi atmosferadagi turbulentlik, vertikal aralashish, quruq va nam cho‘kish jarayonlari ta’sirida keskin kamayadi. Shu sababli manbadan minglab kilometr uzoqlikda xavfli darajadagi kislotali yog‘inlar shakllanishi deyarli mumkin emas. Bundan tashqari, yog‘inlarning hosil bo‘lishi mahalliy bulut hosil bo‘lish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lib, yog‘inlar asosan hudud ustidagi atmosferada mavjud bo‘lgan suv bug‘i va aerozollar hisobiga shakllanadi. Meteorologik kuzatuvlar va atmosfera havosi sifati monitoringi ma’lumotlariga ko‘ra, kislotali bulutlarning O‘zbekiston va qo‘shni davlatlar hududiga ko‘chib kelishi xavfi kuzatilmayapti. @antifakehub
Pibliye Feb 25
1 mlrd 40 mln soʻm masalasi: bu alohida mukofot emas, aksincha tizimli tartib Ba’zi ommaviy axborot vositalari chalgʻituvchi sarlavhadan foydalangan holda notoʻgʻri ma’lumottarqatmoqda. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Notoʻgʻri talqin: Sarlavha: Shavkat Mirziyoyev maktab oʻquvchisini 1 mlrd 40 mln soʻm bilan mukofotladi Xabar: Xalqaro kimyo olimpiadasida g‘olib bo‘lgan maktab o‘quvchisi Daler Rahimov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga asosan 1 milliard 40 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi raisi Alisher Sa’dullayev o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi. Toʻgʻri ma’lumot: Aslida, ushbu oʻquvchi uchun alohida Prezident qarori chiqmagan. Bu allaqachon tizimli ravishda yoʻlga qoʻyilgan. Gap shundaki, 2024-yil 30-sentabrda PQ-346-sonli Prezident qarori qabul qilingan boʻlib, unga muvofiq nufuzli xalqaro olimpiadalar, xalqaro olimpiadalar va mintaqaviy xalqaro olimpiadalar gʻoliblari, ularning oʻqituvchilari va terma jamoalar rahbarlariga toʻlanadigan bir martalik pul mukofoti miqdori tasdiqlangan. Ya’ni xalqaro olimpiadalarda gʻolib boʻlgan yoshlar mazkur qarorga asosan pul mukofoti va bir qator bonuslar bilan taqdirlanadi. U Daler boʻladimi, yoki boshqa yoshlar boʻlmadimi xalqaro olimpiadalarda gʻolib boʻlsa yetarli. Ular bilan birga ustozlari ham pul mukofoti oladi. Qolaversa, Alisher Sa’dullayev Yoshlar ishlari agentligi raisi emas, direktori hisoblanadi. @antifakehub
Pibliye Feb 11
Ispaniyadagi temir yo‘l halokatidan so‘ng tarqalgan da’volar: O‘zbekistonga “sovg‘a” emas, eksport krediti berilgan 2026-yil yanvar oyida Ispaniya janubida ikki poyezdning yuqori tezlikda to‘qnashuvi oqibatida 45 kishi halok bo‘ldi, 150 dan ortiq yo‘lovchi jarohat oldi. Fojiadan so‘ng mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasiga ajratilayotgan mablag‘lar yetarliligi yuzasidan jamoatchilikda bahslar kuchaydi. Shu fonda ijtimoiy tarmoqlarda Ispaniya hukumati go‘yoki Marokash va O‘zbekistonga 247 million yevro “sovg‘a qilgani”, o‘z ichki temir yo‘llari esa e’tiborsiz qolayotgani haqidagi postlar tarqaldi. Biroq tekshiruvlarga ko‘ra, bu da’vo kontekstdan uzib talqin qilingan. Ma’lum bo‘lishicha, 247 mln yevro grant emas, aksincha bu qaytariladigan eksport kreditlari hisoblanadi. Kreditlar 2019-yil aprelida tasdiqlangan bo‘lib, mablag‘lar 2019–2022-yillarda bosqichma-bosqich ajratilgan. Mazkur mexanizm Ispaniyaning xorijga mahsulot sotadigan kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Ya’ni mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqa davlat budjetiga “yordam” sifatida berilmaydi, balki ispan ishlab chiqaruvchisidan texnika xarid qilish uchun kredit sifatida ajratiladi va keyinchalik qaytariladi. O‘zbekiston bo‘yicha loyiha doirasida Talgo S.A. kompaniyasida ishlab chiqarilgan harakatlanuvchi tarkib xarid qilingan. Buyurtmachi — O‘zbekiston temir yo‘llari. Kredit bo‘yicha asosiy to‘lovlarni qaytarish 2030-yildan boshlanishi ko‘zda tutilgan. Shu bois, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Ispaniya o‘z temir yo‘llarini tashlab, boshqa davlatlarga pul ulashdi” degan talqin haqiqatga mos kelmaydi. @antifakehub
Pibliye Jan 31
“Qizil” stikerli avtoulovlarga shaharlarga kirishda hozircha cheklov yo‘q Ijtimoiy tarmoqlarda “Endi eski mashinalarni shahar markaziga kirishi taqiqlanadi” degan yolg‘on xabarlar tarqalmoqda. Mazkur ma’lumot mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-noyabrdagi 750-son qarori bilan avtotransport vositalaridan chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining atmosfera havosiga zararli ta’sirini nazorat qilish maqsadida “Ekologik transport” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish belgilangan. Tizimga ko‘ra, avtotransport vositalarining normativlarga mosligi ekologik stikerlar orqali baholanadi. Avtomashinalar “yashil”, “sariq” va “qizil” ranglar bilan belgilanib, mos ravishda “toza”, “o‘rta” va “zararli” ekologik toifalarga ajratiladi. Ekologik toifani belgilash O‘zbekistonda foydalanishda bo‘lgan transport vositalarining tasdiqlangan ekologik sinfi haqidagi ma’lumotlar bazasi asosida “Avtomototransport hisobi” modulida avtomatik tarzda amalga oshirilishi qayd etilgan. Mazkur talablar asosida 2026-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent shahrida transport vositalariga stikerlarni bepul berish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, “sariq” yoki “qizil” rangdagi stikerlar biriktirilgan avtomashinalar harakatiga hozircha hech qanday cheklovlar o‘rnatilmagani ma’lum qilingan. @antifakehub
Pibliye Jan 20
Qarzdorlik sababli mobil telefon qurilmalari bloklanishi mumkinligi haqidagi xabarlar asosga ega emas Ijtimoiy tarmoqlar orqali ijro hujjatlariga asosan qarzdorligi mavjud bo‘lgan shaxslarga tegishli bo‘lgan mobil telefon qurilmalarining bloklanishi haqida xabarlar tarqaldi. Majburiy ijro byurosi xabarlar feyk ekanini ma’lum qildi. “Avvalo, fuqarolarimiz ijro hujjatlari bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorliklar va xorijga chiqish uchun bo‘lgan taqiq bor yoki yo‘qligi haqidagi ma’lumotlarni rasmiy sayt sahifalari yoki mobil telefon orqali ham bilishlari mumkin. Buning uchun, Majburiy ijro byurosining rasmiy www.mib.uz veb-sayti hamda "Google PlayMarket" yoki AppStore tizimi joylashtirilgan mib.uz rasmiy Android yoki IOS mobil ilovalaridan foydalanishni tavsiya qilamiz. Asosiysi, yuzaga kelgan qarzdorlik hamda uni undirish bilan bog‘liq ijro harakatlari mobil yoki boshqa qurilmalarning ishlash jarayoniga ta’sir qilmaydi”, deyiladi MIB xabarida. @antifakehub
Pibliye Jan 10
❗️Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “2021-yilga qadar milliy haydovchilik guvohnomasini olgan haydovchilar yangi imtihon markazlarida grafik asosida majburiy tartibda, bepul qayta imtihondan o‘tkazilishi” haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va hech qanday huquqiy asoslarga ega emas. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi yolg‘on xabarlarni tarqatib, fuqarolarni chalg‘itmaslikni so‘raydi. Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 202²-moddasi. Yolg‘on axborot tarqatish. Jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. @antifakehub
Pibliye Jan 9
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda bir qator chegara bojxona postlarining tugatilayotganiga doir noto‘g‘ri xabarlar tarqaldi. Aslida, Prezidentning 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250 son Farmoni bilan 6 ta bojxona posti va punktida sinov tariqasida 2026-yil 31-dekabrga qadar avtotransport vositalarining ko‘zdan kechiruvi chegara qo‘shinlari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Bu ushbu bojxona postlari tugatilishini anglatmaydi. Aksincha, bir birini takrorlovchi funksiyalarning qisqartirilishi hisobiga ayrim bojxona nazorati tartib-taomillari chegara qo‘shinlariga o‘tkazilishini anglatadi. Ushbu chegara bojxona postlari o‘z faoliyatini davom ettiradi. @antifakehub
Pibliye Dec 24
“Oʻzbekiston Respublikasiga oʻrnatilgan foto video qayd etish tizimidagi zaiflik” toʻgʻrisidagi maqolaga Ichki ishlar vazirligi raddiya bildirdi TechCrunch xalaro texnologik nashrida go‘yoki “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga oʻrnatilgan foto-video qayd etish tizimi orqali aniqlangan transport vositalari va ularning davlat raqam belgilari, hodisa joyi koordinatsiyalari, uning qoidabuzarligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni internet tarmogʻi orqali olish imkoniyati borligi, bu esa oʻz navbatida respublika boʻylab harakat qilayotgan transport vositalarini kuzatish imkonini berishi” haqida maqola e’lon qilindi. Ichki ishlar vazirligi ushbu maqolaga raddiya bildirib, mazkur axborot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi. “Hududlarda oʻrnatilgan foto va video qayd etish texnik vositalari tadbirkorlik va boshqa subyektlar tomonidan qayd etiladi va aniqlangan hodisalar Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Maʼmuriy amaliyot” moduliga yuboriladi. Mazkur axborot tizimlari 3 bosqichli kiberxavfsizlik ekspertizalaridan oʻtkazilib, xavfsizlik tartibi taʼminlanishi kafolatlangan. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi orqali aniqlangan qoidabuzarliklarni huquqbuzar “Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror”dagi QR-kod orqali qoidabuzarlikning video lavhalari va foto suratlarini “cloud.yhxx.uz” web-sahifasi orqali koʻrish imkoniyati yaratilgan. Maʼlumot uchun, cloud.yhxx.uz veb-sahifasi fuqarolarga oʻz jarimalarini elektron koʻrinishda koʻrish imkonini berish uchun ishlab chiqilgan. Ushbu sahifaga kirish maxsus, unikal tarzda generatsiya qilingan havola orqali amalga oshiriladi. Fuqaro ushbu havolaga QR-kodni skanerlash orqali yoki maxsus mobil ilovalar (road24, saferoad) orqali kirib, faqat oʻziga tegishli boʻlgan jarima haqidagi maʼlumotlarni koʻrishi mumkin. Bunda, huquqbuzar tizimga internet tarmogʻi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri, login va parolsiz, faqat berilgan havola orqali kiradi. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, qoidabuzarliklarning video lavhasida hech qanday shaxsga doir maʼlumotlar mavjud emas”, deyiladi IIV xabarida. @antifakehub
Pibliye Dec 24
31-dekabr, 2- va 3-yanvar ish kunimi yoki dam olishmi? Ayrim ommaviy axborot vositalari va bir qator Telegram kanallarda goʻyoki 31-dekabr qisqartirilgan ish kuni, 2-yanvar barcha uchun, 3-yanvar esa haftasiga olti kun ishlaydiganlar uchun ish kuni boʻlishi haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqaldi. Aslida vaziyat qanday? Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida takliflar kiritilgan. Unga muvofiq, 2025-yil 31-dekabr, 2026-yil 2- va 3-yanvar kunlarini qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilash koʻzda tutilgan. Hozirgi kunda ushbu takliflar rad etilgani yo‘q. Tez kunda Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kun va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida Prezident farmoni e’lon qilinishi kutilmoqda. ❗️Shunday ekan, Farmon rasman e’lon qilinmaguncha dam olish kunlari haqidagi turli xabarlarga ishonmaslik soʻraladi. @antifakehub
Pibliye Dec 23
Italiya bosh vaziri auksioni atrofidagi shov-shuvlar: OAVdagi chalg‘ituvchi sarlavhalar va asl holat Ba’zi manbalarda “Meloni Shavkat Mirziyoyev sovg‘a qilgan marjonni kimoshdi savdosiga qo‘ydi” sarlavhasi bilan xabarlar tarqalmoqda. Ya’ni ayrim ommaviy axborot vositalari bu masalada chalg‘ituvchi va biryoqlama sarlavhalardan foydalanmoqda. Aslida esa Italiya bosh vaziri Giorgia Meloni faqatgina Shavkat Mirziyoyevning sovg‘asini emas, balki turli davlatlar rahbarlari tomonidan rasmiy tashriflar davomida taqdim etilgan 270 dan ortiq diplomatik sovg‘alarni auksionga qo‘yishni rejalashtirgan. Mazkur ro‘yxatda Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy, Argentina Prezidenti Xaver Miley, shuningdek, Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq davlatlari yetakchilaridan olingan turli ramziy va qimmatbaho sovg‘alar ham bo‘lgan. Rejaga ko‘ra, auksiondan tushadigan mablag‘ xayriya maqsadlariga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan edi. Giorgia Melonining bu qarori shaxsiy tashabbus emas, balki Italiya qonunchiligi talablaridan kelib chiqqan. Amaldagi qonunlarga muvofiq, rasmiy shaxslarga berilgan va qiymati 300 yevrodan oshadigan sovg‘alar shaxsiy mulk sifatida saqlab qolinishi mumkin emas. Shu bois, bunday sovg‘alarni davlat balansiga topshirish yoki ularni qonuniy yo‘l bilan realizatsiya qilish odatiy amaliyot hisoblanadi. Shuningdek, muhim jihat shundaki, mazkur auksion keyinchalik to‘xtatib qo‘yilgan. Bunga savdoni o‘tkazishi kerak bo‘lgan auksion uyiga nisbatan boshlangan tergov sabab bo‘lgan.Bu holat sovg‘alarning mazmuni yoki ularni taqdim etgan davlatlar bilan bog‘liq emas. Shunday ekan, ushbu masalada alohida bir davlat yoki yetakchi nomini ajratib ko‘rsatish noto‘g‘ri talqin va manipulyatsiyaga olib kelishi mumkin. @antifakehub
Pibliye Dec 23
Ekostikker tizimida jarimalar 2026-yildan qo‘llanilmaydi Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim ommaviy axborot vositalarida 2026-yildan boshlab, “ekologik hudud”ga kiruvchi qizil va sariq toifadagi avtomobillar jarimaga tortilishi haqida” noto‘g‘ri talqindagi xabarlar tarqaldi. Aslida vaziyat butunlay boshqacha. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, “Ekologik transport” tizimi doirasidagi jarimalar ikki yildan so‘ng, ya’ni 2028-yildan boshlab joriy etiladi. 2026 yil – bu faqat tizimni yo‘lga qo‘yish, haydovchilarni xabardor qilish va ekologik madaniyatni shakllantirish davridir. 2026-yilda hech kim jarimaga tortilmaydi! Bu vaqt oralig‘ida har bir haydovchi o‘z avtomobilining texnik holatini yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘ladi. @antifakehub
Pibliye Dec 19
Firibgarlar “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruvi raisi nomidan soxta profil ochib, yolgʻon xabarlar tarqatmoqda So‘nggi vaqtlarda Telegram messenjeri orqali “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi — Bosh direktor Bahodir Abdullayev nomidan korxona xodimlariga turli mazmundagi yolg‘on xabarlar tarqatilayotganligi kuzatilgan. Mazkur xabarlar haqiqatga mos kelmaydi va ular “O‘zmetkombinat” rahbariyatining rasmiy fikrini ifodalamaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan rasmda keltirilgan matn yolg‘on axborot bo‘lib, korxona rahbariyati va uning rasmiy faoliyatiga aloqador emas. @antifakehub