TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← ANTIFAKE | Faktlar tekshiruvi
ANTIFAKE | Faktlar tekshiruvi avatar

TGINSIGHT POST

Post #14

@antifakehub

ANTIFAKE | Faktlar tekshiruvi

Vizit338Kantite vizit
PibliyeJan 3101/31/2026, 01:22 PM
Kontni

Kontni pòs la

“Qizil” stikerli avtoulovlarga shaharlarga kirishda hozircha cheklov yo‘q Ijtimoiy tarmoqlarda “Endi eski mashinalarni shahar markaziga kirishi taqiqlanadi” degan yolg‘on xabarlar tarqalmoqda. Mazkur ma’lumot mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-noyabrdagi 750-son qarori bilan avtotransport vositalaridan chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining atmosfera havosiga zararli ta’sirini nazorat qilish maqsadida “Ekologik transport” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish belgilangan. Tizimga ko‘ra, avtotransport vositalarining normativlarga mosligi ekologik stikerlar orqali baholanadi. Avtomashinalar “yashil”, “sariq” va “qizil” ranglar bilan belgilanib, mos ravishda “toza”, “o‘rta” va “zararli” ekologik toifalarga ajratiladi. Ekologik toifani belgilash O‘zbekistonda foydalanishda bo‘lgan transport vositalarining tasdiqlangan ekologik sinfi haqidagi ma’lumotlar bazasi asosida “Avtomototransport hisobi” modulida avtomatik tarzda amalga oshirilishi qayd etilgan. Mazkur talablar asosida 2026-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent shahrida transport vositalariga stikerlarni bepul berish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, “sariq” yoki “qizil” rangdagi stikerlar biriktirilgan avtomashinalar harakatiga hozircha hech qanday cheklovlar o‘rnatilmagani ma’lum qilingan. @antifakehub