TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← ANTIFAKE | Faktlar tekshiruvi
ANTIFAKE | Faktlar tekshiruvi avatar

TGINSIGHT POST

Post #8

@antifakehub

ANTIFAKE | Faktlar tekshiruvi

Vizit5,750Kantite vizit
PibliyeDec 2312/23/2025, 03:34 PM
Kontni

Kontni pòs la

Italiya bosh vaziri auksioni atrofidagi shov-shuvlar: OAVdagi chalg‘ituvchi sarlavhalar va asl holat Ba’zi manbalarda “Meloni Shavkat Mirziyoyev sovg‘a qilgan marjonni kimoshdi savdosiga qo‘ydi” sarlavhasi bilan xabarlar tarqalmoqda. Ya’ni ayrim ommaviy axborot vositalari bu masalada chalg‘ituvchi va biryoqlama sarlavhalardan foydalanmoqda. Aslida esa Italiya bosh vaziri Giorgia Meloni faqatgina Shavkat Mirziyoyevning sovg‘asini emas, balki turli davlatlar rahbarlari tomonidan rasmiy tashriflar davomida taqdim etilgan 270 dan ortiq diplomatik sovg‘alarni auksionga qo‘yishni rejalashtirgan. Mazkur ro‘yxatda Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy, Argentina Prezidenti Xaver Miley, shuningdek, Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq davlatlari yetakchilaridan olingan turli ramziy va qimmatbaho sovg‘alar ham bo‘lgan. Rejaga ko‘ra, auksiondan tushadigan mablag‘ xayriya maqsadlariga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan edi. Giorgia Melonining bu qarori shaxsiy tashabbus emas, balki Italiya qonunchiligi talablaridan kelib chiqqan. Amaldagi qonunlarga muvofiq, rasmiy shaxslarga berilgan va qiymati 300 yevrodan oshadigan sovg‘alar shaxsiy mulk sifatida saqlab qolinishi mumkin emas. Shu bois, bunday sovg‘alarni davlat balansiga topshirish yoki ularni qonuniy yo‘l bilan realizatsiya qilish odatiy amaliyot hisoblanadi. Shuningdek, muhim jihat shundaki, mazkur auksion keyinchalik to‘xtatib qo‘yilgan. Bunga savdoni o‘tkazishi kerak bo‘lgan auksion uyiga nisbatan boshlangan tergov sabab bo‘lgan.Bu holat sovg‘alarning mazmuni yoki ularni taqdim etgan davlatlar bilan bog‘liq emas. Shunday ekan, ushbu masalada alohida bir davlat yoki yetakchi nomini ajratib ko‘rsatish noto‘g‘ri talqin va manipulyatsiyaga olib kelishi mumkin. @antifakehub