TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #3442

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit1,030Kantite vizit
PibliyeDec 1112/11/2024, 01:49 PM
Kontni

Kontni pòs la

MARKAZIY DEPOZITARIYDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV SEMINARI O‘TKAZILDI 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni hamda 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni arafasida Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysida xodimlar uchun o‘quv seminari tashkil etildi. Markaziy depozitariyning barcha xodimlari ishtirok etgan tadbirda Xatarlarni boshqarish va komplayens-nazorat bo‘limi tomonidan Jamiyatda korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, xodimlar orasida manfaatlar to‘qnashuviga va korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaga qarshi talablarga og‘ishmay rioya qilish, jamoada korrupsion harakatlarning har qanday shakl va ko‘rinishlariga nisbatan keskin murosasizlikni shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. uzcsd.uz | Tg | Fb | Inst | Youtube