TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Retounen nan lis chanèl
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT CHAT

UzCSD | Markaziy depozitariy

@uzcsd

Business and startups

web: www.uzcsd.uz Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/ Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd Murojaat uchun: 📞 +998 (71) 211-09-09 📨 [email protected] Takliflar uchun: @UzCSDask_bot

Abonman1.0万Abonman aktyèl
Pòs swivi1,005Kantite pòs endekse
Pòte resan27,973Total vizit resan
Dènye pòs

Dènye pòs

Paj 1 sou 84 · 1,005 pòs

Pibliye 27 days ago

🗳 E-vote: aksiyadorlar yig‘ilishida masofadan turib ishtirok eting! 🗣Aksiyadorlar va kuzatuv kengashi a’zolari uchun yig‘ilishlarda qatnashish endi geografik chegaralarni bilmaydi. E-vote elektron ovoz berish platformasi orqali siz emitentlar yig‘ilishlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jarayonlarni jonli efirda kuzatishingiz, kun tartibidagi materiallar bilan oldindan tanishishingiz va elektron byulletenlar orqali onlayn ovoz berishingiz mumkin. Buning uchun sizda internet va OneID orqali tasdiqlangan akkaunt bo‘lsa kifoya. ⏺Tizimning yagona va tushunarli interfeysi barcha jarayonlarni ochiq-oydin ko‘rsatib turadi. Shuningdek, emitent bilan onlayn muloqot qilish va kerakli xizmatlarni masofadan tanlash imkoniyati yaratilgan. Barcha ma’lumotlar xavfsiz aloqa kanallari orqali himoyalanadi. 🔔Platformadan foydalanish bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma bilan evote.uz saytida tanishishingiz mumkin. Murojaat uchun: 📞 +998 (71) 211-09-09 (ichki raqam: 162) 🛜www.evote.uz RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

963 views

Pibliye 27 days ago

🗓Qimmatli qog'ozlar Markaziy depozitariysining bayram kunlaridagi ish tartibi 🕊9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan belgilangan bayram va qo‘shimcha dam olish kunlariga muvofiq, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi quyidagi grafik asosida ishlaydi: ⏺9-may (shanba) — Xotira va qadrlash kuni (bayram, barcha uchun dam olish kuni); ⏺10-may (yakshanba) — barcha uchun odatiy dam olish kuni; ⏺11-may (dushanba) — ko‘chirilgan dam olish kuni. ✅2026-yil 12-maydan (seshanba) boshlab barcha operatsiyalar va xizmat ko‘rsatish odatiy ish tartibida davom ettiriladi. RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

1,170 views

Pibliye 27 days ago

1,670 views

Pibliye 28 days ago

✍✍✍✍✍✍✍ 🏦“Asakabank” AJ obligatsiyalari bo‘yicha kupon to‘lovlari amalga oshirildi 🏛 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi “Asakabank” AJ tomonidan chiqarilgan quyidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi: ⏺Obligatsiya chiqarilishi: Beshinchi chiqarilish ⏺Yillik daromadlilik: 18% ⏺Obligatsiyaning nominal qiymati: 500 000 000 so‘m ⏺Obligatsiyalarning muomala muddati: 1 710 kun ⏺Bir dona obligatsiyaga hisoblangan miqdor: 22 191 780,82 so‘m ⏺Jami to‘lov summasi: 44 383 561 640 so‘m ⏺Chiqarilgan obligatsiyalar soni: 2 000 dona ⏺Umumiy qiymati: 1 000 000 000 000 so‘m ⏺Kupon to‘lovi davriyligi: har 90 kunda 🗣Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin. RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

2,310 views

Pibliye 29 days ago

✍️✍️✍️✍️ 🌐2026-yil aprel oyida aksiya va obligatsiya chiqarilishlari dinamikasi 💻Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining 2026-yil 1-may holatidagi ma’lumotlari aprel oyida kapital bozorida o‘sish sur’atlari yanada jadallashganini ko‘rsatmoqda. 🗣Aksiyalar ⏺Chiqarilishlar umumiy hajmi 267,8 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich mart oyiga nisbatan qariyb 2,9 trln so‘mga o‘sganligini ko‘rsatadi. ⏺Umumiy hajmning 72,7 foizi (194,8 trln soʻm) davlat ulushi hissasiga toʻgʻri keldi. ⏺Xorijiy egalarning ulushi 12,7 trln so‘m miqdorida barqaror saqlanib qolmoqda. 🗣Korporativ obligatsiyalar ⏺Ushbu segmentda rekord o‘sish qayd etildi: aprel oyi yakuniga ko‘ra umumiy hajm 6,18 trln so‘mga yetdi. Bu mart oyidagi ko‘rsatkichdan (5,63 trln so‘m) 550 mlrd so‘mga ko‘pdir. ⏺Bozor hajmining 68,3 foizi “Boshqa egalar” (xususiy sektor va banklar) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Xorijiy investorlar ulushi esa 1,0 trln so‘mni (16,6%) tashkil etdi. 🗣Emitentlar ⏺Aksiyadorlik jamiyatlari (AJ) soni mart oyidagi 699 tadan 700 taga yetdi. ⏺Korporativ obligatsiya emitentlari soni esa 34 tadan 36 taga ko‘paydi. Umumiy emitentlar soni (AJ va MCHJlar) 726 tani tashkil etmoqda. 🗣Qimmatli qog‘ozlar egalari ⏺Aksiyadorlar safi aprel oyida 4 505 taga kengayib, jami 1 034 610 tani tashkil qildi. ⏺Jismoniy shaxslar soni 969 178 nafarga (jami aksiyadorlarning 93,6% dan ortig'i) yetishi aholi o‘rtasida investitsion faollik barqaror o‘sayotganini tasdiqlaydi. RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

1,920 views

Pibliye May 4

✍️✍️✍️✍️ 🗓Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar (24.04.2026 – 01.05.2026) 🗣Aksiyalar bozorida Markaziy depozitariy tizimida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni 700 tani tashkil etdi. Jami chiqarilish hajmi esa yirik emitentlarning qo‘shimcha emissiyalari hisobiga sezilarli o‘sib, 267,82 trillion so‘mga yetdi. 🗂Xususan: 📈“Ipoteka-bank” AJ tomonidan aksiyalarning yirik qo‘shimcha chiqarilishi qayd etildi. Natijada bankning jami chiqarilish hajmi 3 834,22 mlrd so‘mdan 4 225,52 mlrd so‘mga yetdi. 📈 Shuningdek, “Apex bank” AJ (600,0 mlrd so‘mdan 800,0 mlrd so‘mga) va “O‘zbekgidroenergo” AJ (731,11 mlrd so‘mdan 785,16 mlrd so‘mga) ustav kapitallari qo‘shimcha emissiyalar hisobiga oshirildi. ⏺“Fast financing service MKT” AJ tomonidan aksiyalarning birlamchi chiqarilishi amalga oshirilib, bozorga 53,56 mlrd so‘mlik yangi aktivlar kiritildi. 🗣Korporativ obligatsiyalar bozorida o‘sish tendensiyasi davom etmoqda. Emitentlar soni bittaga ko‘payib, 36 taga yetdi. Hisobga olingan obligatsiyalarning umumiy nominal qiymati esa 6,18 trillion so‘mni tashkil qildi. ⏺ “Anor bank” AJ tomonidan amalga oshirilgan 50,0 mlrd so‘mlik yangi korporativ obligatsiyalar chiqarilishining hisobga olinishi mazkur ko‘rsatkichning o‘sishiga asosiy turtki bo‘ldi. RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

2,110 views

Pibliye May 3

🟦HAYOT VA BIZNES ALGORITMLARI 📚Rey Dalio — “Tamoyillar” 🗣Dunyodagi eng yirik xedj-fondi “Bridgewater Associates” asoschisi Rey Dalio muvaffaqiyatni tasodif emas, balki aniq ishlaydigan mexanizm deb hisoblaydi. Uning “Tamoyillar” kitobi — bu shaxsiy va professional hayot uchun yozilgan “qomus”dir. ❔Nega bu kitobni o‘qish shart? Dalio bizga hissiyotlarni chetga surib, xatolardan dars olishning eng samarali usulini ko‘rsatadi. Uning yondashuvi: “Og‘riq + Mulohaza = Taraqqiyot”. Bu formula har qanday sarmoyador uchun inqiroz davrida omon qolish kalitidir. 🗂Investor uchun 3 ta asosiy tamoyil: 1⃣Haqiqatga tik qarang. Ko‘p investorlar bozor ularga qarshi yurganda, haqiqatni tan olishdan qo‘rqib, ta’bir joiz bo’lsa, ko‘zlarini yumib olishadi. Dalio esa haqiqat qanchalik og‘riqli bo‘lmasin, uni qabul qilish va unga moslashish kerakligini uqtiradi. 2⃣“Aqliy xarita” tuzing. Har bir xato - bu kelajakda takrorlanmasligi kerak bo‘lgan saboq. Dalio har bir muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng yangi tamoyil yozib borishni tavsiya qiladi. Shunda qaror qabul qilish vaqt o‘tishi bilan avtomatlashadi va aniqlashadi. 3⃣Radikal ochiqlik. Atrofingizda sizning fikringizga qo’shilmaydigan, lekin aqlli insonlarni to’plang. Baffetning “Anti-diversifikatsiya”siga qarama-qarshi o’laroq, Dalio “fikrlar diversifikatsiyasi” - ya'ni xato qilmaslik uchun turli nuqtai nazarlarni eshitish tarafdori. ✅Investitsiya - bu shunchaki pul tikish emas, bu o‘z fe’l-atvoringiz va dunyoqarashingiz ustida ishlashdir. Dalio sizga o‘z shaxsiy “operatsion tizimingizni” yangilashni taklif qiladi. #InvestorKutubxonasi RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

2,390 views

Pibliye May 2

❔Nominal qiymat va bozor bahosi: Farqi nimada? 🗣 Ko‘p investorlar aksiyaning nominal qiymati bilan birjadagi narxini adashtirib yuborishadi. Keling, oydinlik kiritamiz: ⏺Nominal qiymat: Bu aksiya chiqarilganda belgilangan narxi (masalan, 1000 so‘m). Bu raqam kompaniya ustav kapitalini hisoblash uchun kerak. ⏺Bozor bahosi: Bu ayni damda birjada investorlar to‘lashga tayyor bo‘lgan narx. U talab va taklifga qarab har kuni o‘zgarishi mumkin. ⏺Investor uchun bozor bahosining o‘sishi muhim, chunki u aksiyani nominal narxidan qat’i nazar, bozor narxida sotadi. ✅Nominal qiymat — tarix, bozor bahosi — bugungi haqiqat. #moliyaviysavodxonlik#aksiya#bozor 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

2,530 views

Pibliye May 1

2,800 views

Pibliye Apr 28

🗓 28-aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni! 🌱 Xodimning salomatligi va xavfsizligi har qanday muvaffaqiyatli tashkilotning poydevoridir. 2026-yilda ushbu butunjahon kun global miqyosda “Ijobiy psixoijtimoiy ish muhiti: xodimlar farovonligi va kuchli tashkilot sari yo‘l” tamoyili ostida nishonlanmoqda. 🗣 Ijobiy muhit deganda biz nafaqat jismoniy xavfsizlikni, balki xodimlarning ruhiy xotirjamligi, o‘zaro ishonch va jamoaviy birdamlik ta’minlangan ish joyini tushunamiz. Zero, xodimlari o‘zini qadrli va himoyalangan his etgan tashkilotgina yuksak marralarni zabt eta oladi. ⏺Markaziy depozitariy jamoasi uchun ham xavfsiz va motivatsiyaga boy muhit yaratish korporativ madaniyatimizning ajralmas qismidir. Barcha soha vakillarini ushbu muhim sana bilan tabriklaymiz! ✅Xavfsiz mehnat — barqaror kelajak garovidir! RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

4,010 views

Pibliye Apr 28

✍✍✍✍✍✍✍ 🌐Markaziy depozitariyda inson kapitalini boshqarish yangi bosqichga chiqmoqda 📆 25-aprel kuni Toshkent viloyatida Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi xodimlari uchun timbilding tashkil etildi. Tadbir xodimlarning o‘zaro ishonchini oshirish, jamoaviy muhitni sog‘lomlashtirish hamda tashkilotning strategik kelajagini birgalikda tahlil qilish uchun samarali maydon yaratdi. 🗣Tadbir doirasida Markaziy depozitariyning 2030-yilgacha mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi loyihasi qizg‘in muhokama qilinib, tizimni raqamlashtirish va xalqaro integratsiya masalalari ko‘rib chiqildi. Xodimlarning o‘z takliflari bilan faol ishtirok etishi har bir jamoa a’zosida umumiy muvaffaqiyat uchun daxldorlik hissini yanada oshirdi. ⏺ Dasturning amaliy qismi futbol, shaxmat, suzish va badminton kabi sport musobaqalari bilan davom etdi. Ushbu bahslar xodimlar o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlashga va sog‘lom ish muhitini yaratishga xizmat qildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-421-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Kasaba uyushmalari Toshkent shahar Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etildi. ✅ Markaziy depozitariy kelgusida ham jamoaviy jipslikka qaratilgan tizimli tadbirlarnidavom ettirishni rejalashtirgan. RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

3,180 views

Pibliye Apr 27

✍️✍️✍️✍️ 📆Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar (17.04.2026 – 24.04.2026) 💻 Hisobot haftasi yakuniga ko‘ra, Markaziy depozitariy tizimida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni 699 tani tashkil etdi. Jami chiqarilish hajmi esa qo‘shimcha emissiyalar hisobiga o‘sishda davom etib, 267,12 trillion so‘mga yetdi. 📈 Depozitar tizimda “ASTERIUM” AJ tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning birlamchi hisobga olinishi amalga oshirildi. Mazkur amaliyot natijasida bozor aylanmasiga 85,68 mlrd so‘mlik yangi aktivlar kiritildi. 🗣 Korporativ obligatsiyalar segmentida barqaror ko‘rsatkichlar saqlanib qolmoqda. Markaziy depozitariyda jami 35 ta emitentning 6,13 trillionso‘mlik korporativ obligatsiyalari hisobga olingan. 📱Mablag‘laringiz va qimmatli qog‘ozlaringiz holatini UzCSD mobil ilovasi orqali onlayn kuzatib boring. RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

2,920 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
AnvanPaj 1 sou 84Apre