TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #3503

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit317Kantite vizit
PibliyeMay 2905/29/2025, 11:37 AM
Kontni

Kontni pòs la

💼Qimmatli qog'ozlar egalari diqqatiga 🆕 Ijtimoiy tarmoqlarimizda “Dividend to‘lovi bo‘yicha savol-javob” mavzusida rukn joriy etilmoqda. 📶 Ushbu ruknda qimmatli qog‘ozlar egalaridan Markaziy depozitariyning (MD) koll-markaziga UzCSD mobil ilovasining qayta aloqa tizimi orqali kelib tushgan savollarga javoblar berib boriladi. ℹ️Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq emitentlarga dividendlarni MD yoki investitsiya vositachilari orqali qimmatli qog‘ozlar egalariga to‘lash imkoniyati yaratildi. Endilikda emitentlar MD tizimidagi shaxsiy kabinetidan foydalangan holda, masofadan turib MD bilan shartnoma tuzishlari va o‘z jismoniy shaxs-qimmatli qog‘ozlar egalariga UzCSD mobil ilovasi orqali dividendlarni olish imkoniyatini yaratib berishlari mumkin. Qimmatli qog‘ozlar egasi-yuridik shaxslarning daromadlari esa ularning qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrida ko‘rsatilgan bank hisobvaraqlariga avtomatik tarzda o‘tkazib beriladi. uzcsd.uzTgIgFbYoutube 📲 +998 71 211 09 09