TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #3507

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit388Kantite vizit
PibliyeMay 3005/30/2025, 09:30 AM
Kontni

Kontni pòs la

📚KITOBLAR YARMARKASI Kitob – ruhiyat ozuqasi, u bilan do‘stlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi, hamrohlik qiladi, ezgulikka yetaklaydi. Bugungi kunda Markaziy depozitariyda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga muhim e’tibor berilmoqda. Jumladan, joriy yilning may oyida xodimlarning kitob mutolaasi darajasini va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish maqsadida “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi vakillari bilan hamkorlikda kitob-savdo yarmarkasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada xodimlarga milliy va jahon adabiyoti namunalari - badiiy, siyosiy va ijtimoiy mavzudagi kitoblar taqdim etildi, jahon adabiyotining nodir asarlari, bolalar adabiyoti va turli janrlardagi kitoblarni olish imkoniyati yaratildi. Ushbu tadbir Markaziy depozitariy xodimlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish, adabiy merosni targ‘ib qilishga xizmat qilishi tabiiy. uzcsd.uzTgIgFbYoutube 📲 +998 71 211 09 09