TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #3522

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit424Kantite vizit
PibliyeJun 1106/11/2025, 11:54 AM
Kontni

Kontni pòs la

Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlarga emitentga ariza yubormasdan avtomatik ravishda ega bo‘ling! Endilikda qimmatli qog‘ozlar egalariga dividendlarni to‘lash Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi orqali - jismoniy shaxslarga UzCSD mobil ilovasidan foydalangan holda, yuridik shaxslarga esa ularning qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrida ko‘rsatilgan bank hisobvaraqlariga belgilangan tartibda avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Bunda emitentlar aksiyadorlardan dividendlarni to‘lash to‘g‘risidagi arizani talab qilmaydilar. Shuni ta’kidlash joizki, faqat Markaziy depozitariy bilan dividendlar to‘lovi bo‘yicha shartnoma tuzgan emitentlarning qimmatli qog‘ozlar egalarigina masofadan turib amalga oshiriladigan ushbu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin. 👨🏻‍💼👩🏻‍💼Jismoniy shaxslar uchun – UzCSD mobil ilovasi: 📲Google Play dasturidan yuklab olish 📲App Store dasturidan yuklab olish