Kontni pòs la
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SOHASIDAGI SEMINAR Markaziy depozitariyda “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ichki me’yoriy hujjatlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Markaziy depozitariyning barcha xodimlari ishtirok etdilar. Seminarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlik choralari, qabul qilingan ichki me’yoriy hujjatlar, xususan yangi ichki me’yoriy hujjat - “Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan xodimlarni rag‘batlantirish hamda ularning ta’qib qilinmasligi kafolatlari to‘g‘risida”gi Tartib to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritildi. Tadbir yakunida ushbu hujjat jamoadagi halollik va shaxsiy mas’uliyat muhitini mustahkamlashga xizmat qilishi, har bir xodim bu jarayonda faol ishtirok etishi hamda befarqlikka yo‘l qo‘ymasligi zarurligi alohida ta’kidlandi. uzcsd.uzTgIgFb Youtube 📲 +998 71 211 09 09