Kontni pòs la
#onlayn_seminar ⚡️KAPITAL BOZORIDA XIZMAT KOʻRSATISHNING YANGI FORMATI ✅ Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hamkorligida “Kapital bozorida xizmat ko‘rsatishning yangi formati” mavzusida onlayn seminar o‘tkazildi. ⏩100 ga yaqin aksiyadorlik jamiyatlari vakillari ishtirok etgan seminarda kapital bozoridagi yangi xizmatlar, axborotni oshkor etishdagi zamonaviy yondashuvlar, KYC/AML jarayonlari hamda xalqaro standartlarga moslashuv masalalari yuzasidan muhokamalar va taqdimotlar oʻtkazildi. 📌 Seminardagi muhim iqtiboslar: ➡️ 2025-yilda Markaziy depozitariy xalqaro PFMI standartlariga moslik darajasini oshirdi; ➡️ Emitentlarga korporativ harakatlar va dividend to‘lovlari bo‘yicha yangi imkoniyatlar taqdim etildi; ➡️36 ta shubhali operatsiya haqida tegishli organlarga xabar berildi; ➡️Openinfo.uz portalida axborotni oshkor qilishning yangi uslublari taqdim etildi. ❗️ Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi mutaxassislari emitentlarni qiziqtirgan masalalar, xususan qonunchilikdagi o‘zgarishlar, moliyaviy hisobotlarni soliq tizimi bilan integratsiyalash kabi mavzular boʻyicha ham batafsil maʼlumot berdi. uzcsd.uz|Telegram|Instagram|Facebook|Youtube